Salomatlik Ayollar uchun Soch turmagi uzoq vaqt turishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Soch turmagi uzoq vaqt turishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

O'qildi: 326


Soch turmagi uzoq vaqt turishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Bir necha soat davomida sochlaringizni dazmollaysiz, jingalak yoki boshqa turmaklarni qilasiz, biroq ular birozdan so‘ng o‘z holatini yo‘qotsa, demak, qandaydir xatolikka yo‘l qo‘ygansiz. The Voice nashri sochlarni turmaklashda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar haqida ma’lumot berdi.

Foto: The Voice 

Agar sizning byuti-arsenalingizda barcha soch turmaklarini qila oladigan narsalar mavjud bo‘lsa va shunda ham sochlaringiz o‘z holatini siz xohlagancha ushlab turmayotgan bo‘lsa, muammoni o‘zingizdan qidiring.  

Sochingizni qanday dazmol bilan turmaklashni bilmaysiz

Dugonangiz yoki reklamadagi model ishlatgan jingalak qiluvchi dazmolni sotib oldingiz, biroq hali ham o‘zingiz kutgan natijaga erishmadingizmi?Bir narsani yoddan chiqardingiz: barcha ayollar turli xil soch to‘qimalariga va turlariga ega, shuning uchun do‘stingiz uchun yaxshi bo‘lgan narsa sizga umuman mos kelmasligi mumkin. Ketma-ket har kimning tavsiyalariga amal qilishga shoshilmang va birinchi navbatda sochingizning holatini uzoq vaqt saqlab turadigan jingalak qiluvchi dazmolni sotib oling.

Sochingizni turmaklashga noto‘g‘ri tayyorlayapsiz

Sochlarni dazmollashga noto‘g‘ri tayyorlash ham ularning shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Bir kun davomida har qanday soch turmagining mustahkamligini ta’minlaydigan sehrli vosita yo‘q. Biroq sinov va xatolar bilan bunga  yordam beradigan mukammal soch turmaklarning holatini saqlab tura oladigan vositani topish mumkin. Bu holatda siz yana sochingizning turiga e’tibor qaratishingiz kerak.

Noto‘g‘ri vositani tanlagansiz

Hatto tajribali sartaroshlar ham ma’lum bir mijoz uchun qaysi jingalak qilish vositasi ideal ekanini darhol ayta olmaydi. Shuning uchun yana asosiy masalaga qaytamiz: avval sochlaringiz haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lib, ularning turi va tuzilishi haqida bilib oling va shundan keyin mukammal soch turmagini yaratadigan vositalarni sotib olsangiz bo‘ladi.

Har doim bitta texnikadan foydalanasiz

Bu ajoyib natija bermasa ham, xuddi shu tarzda jingalak qiluvchi vositalardan boshqa soch turmagini qilishda foydalanasiz. Ba’zida yangi narsalarni sinab ko‘rish kerak. Shubhasiz, sochlaringizga ko‘proq mos keladigan texnika mavjud, bir necha kun davomida saqlanib turadigan soch turmaklovchi vositalar buning eng yaxshi tasdig‘i hisoblanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.