Ozish uchun parhez: eng samarali va tez natija beradigan 10 ta parhez turi
O'qildi: 380
Hamma ayollarga qanday tez va samarali ozish kerak degan savol doimo tinchlik bermaydi. Tezda ozish uchun parhezning samaralisi bormi yoki bu shunchaki qo’shimcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan kashf etilgan faqat bir afsonami? Biroq hayotda shunday vaqtlar bo’ladiki (yetarlicha tez-tez), sizga qisqa muddat ichida sevimli kiyimingizga sig’ish uchun qomatni moslashtirishingiz yoki hayotingizda nishonlanadigan eng muhim kunlardan oldin darhol o’zgarishingiz kerak bo’ladi. Bunday holatlarda tezda ozish uchun «dieta» mavjudmi? Albatta — ha! Ozish uchun nima yeyish kerak va qanday parhezlarga amal qilish kerak, quyidagi maqolada bilib olamiz.
Parhezni tanlashda asosiy mahsulot siz uchun oson topiladigan bo’lsin, chunki ko’pchilik samarali va tez parhezlar — monodietalar bo’lib, ular bitta mahsulotga asoslangan bo’ladi;
Parhez tutishda mahsulotlar ta’mi siz hush ko’radigan bo’lishi kerak, aks holda unga rioya qilish ikki barobar qiyin bo’ladi;
Qulayroq vazn tashlash uchun pishirish oson bo’lgan taomlarga afzallik bering, shunda siz kamroq oshxonada bo’lasiz va oziq-ovqatga ortiqcha havasingiz ketmaydi.
Tez ozish uchun pahezlar orasida eng yaxshi samara beradigan quyidagilarga e’tibor qilishingiz mumkin:
Mono-dietaning barcha turlari;
Kefirli parhezning turli xillari;
Mashhurlarning parhezi;
Bugungi kunda mashhur hisoblanadigan oqsilli parhez;
So’nggi paytlarda natijani uzoq kutishni hohlamaydiganlar uchun eng samarali parhezlardan biri sifatida o’z o’rnini topgan tuxumli parhez.
Gollivud parhezi — gollivud yulduzlari orasida mashhur hisoblanadi, parhez ikki hafta davom etadi, bu vaqt mobaynida o’rtacha 7 kg ga ozish mumkin. Taomnomada shakar, tuz va yog’ miqdorini minimal qilish kerak, nonni butunlay chiqarib tashlang.
Karamli parhez juda samarali hisoblanadi: 7 kun davomida vazningizni 5 kilogrammgacha kamaytirishingiz mumkin. Taomnomada ko’proq karam va biroz yog’ bo’ladi.
Yaponcha parhez — ikki haftada 8 kilogrammgacha ozish imkonini beradi. Taomnoma dengiz mahsulotlariga asoslangan bo’ladi, ammo barini tuzsiz tayyorlash kerak.
Braziliya parhezi sabzavot, shuningdek meva va sabzavot sho’rvalariga asoslangan. Yetti kunda 4 kilogramm ozishingiz mumkin.
Intervalli parhez yoki uch kunlik. U 9 kun davom etadi, 3 kundan kechadigan uch bosqichga bo’linadi, har bir bosqichda ketma-ketlik bilan guruch, kartoshka va sabzavotlarni iste’mol qilasiz. Bu vaqtda faqat toza suv ichish mumkin. 5-7 kilogrammgacha ozish mumkin, ammo siz ehtiyot bo’lishingiz va sog’lig’ingizni nazorat qilishingiz kerak.
Grechkali (grechixali) parhez — odatda bir yoki ikki hafta davom etadi va shu vaqt ichida 4 yoki 8 kilogrammgacha ozish mumkin. Biroq taomnomaning bitta muhim tomoni bor: tez ozish uchun grechkali parhez qaynatilgan grechka asosida turli-tuman mahsulotlar aralashmasi bo’lishi kerak degani emas. Bunday vaziyatda grechkani qaynatib ham, dimlab ham bo’lmaydi — yormaga qaynoq suv solinadi va 3-4 soat qoldiriladi, keyin esa hech qanday ziravor yoki boshqa mahsulot qo’shmasdan iste’mol qilinadi.
Sho’rvali parhez turli sho’rvalarga asoslangan, shu jumladan, bo’tqa-sho’rvalarga. Asosiysi bu sho’rva kartoshka yoki loviyadan emasligi va yog’ va ziravorlar saqlamasligi kerak, nonni ham taomnomadan chiqarib tashlash kerak. Davomiyligi — 7 kun, 4 kilogrammgacha vazn tashlash mumkin.
Top-modellar parhezi — 3 kun davomida siz 3 kilogramm, ba’zan 5 kilogrammgacha ozishingiz mumkin. Ushbu parhez o’ta qiyin hisoblanadi, chunki siz kuniga faqat bitta tuxum va 300 gramm tvorog iste’mol qilasiz, kechki ovqat ham yo’q va faqat suv ichiladi.
Qatiqli (kefirli) parhez 7 kun davom etadi va siz 4-5 kilogrammga ozishiningiz mumkin. Har kuni siz yarim litr yog’siz kefir ichasiz.
Yangi siqilgan sharbatlardan parhez tez ozish imkonini beradi, ammo uni ushlab turish oson emas. Apelsin, greypfrut va limondan tayyorlangan sharbatni kuniga uch marta ichish kerak. Qolgan vaqt suv ichasiz. Odatda parhez 3 kungacha davom etadi va siz 3 kilogrammgacha vazn yo’qotishingiz mumkin.
Nonushta: tovuq tuxumi, shakarsiz choy;
Soat 12:00 gacha bo’lgan ikkinchi nonushta — kefir bilan past yog’li tvorog;
Tushlik: bug’da tayyorlangan 150g baliq go’shti, sabzavotli salat va limon sharbati qo’shilgan holda, ammo yog’siz va mevalarsiz;
Kechki ovqat: shakarsiz choy.
Shuningdek, tez va samarali ozish uchun parhezning «yuksiz» kunlar kabi shakli mavjud. Uch kunlik yuksiz davrda 4 kilogramm ozishingiz mumkin. Birinchi kun — parhezga kirish, ikkinchi kun — ochlik, uchinchi kun — parhezdan chiqish. Oziqlanish taomnomasi bunday ishlab chiqariladi: ochlikga tayyorgarlik ko’rayotganda, siz yog’li va uglevodli oziq-ovqat iste’molini cheklashingiz kerak. Yormalar, dukkakli mahsulotlarni iste’mol qilmang. Nonushta qilish uchun faqat ko’k choy ichish, tushlik qilish uchun meva va sabzavotlarni xom shaklda, tuzsiz iste’mol qilishingiz kerak, lekin zaytun yog’ibilan to’ldirilishi mumkin. Kechki ovqatdan voz kechish kerak, soat 19:00 lardan keyin faqat shakarsiz choy yoki suv ichish kerak. Butun ikkinchi kun — ochlik, siz faqat 3-4 litr suv ichishingiz mumkin. Uchinchi kun parhezdan asta-sekin chiqa boshlaysiz. Shu kuni siz oziq-ovqatlarni birinchi kun kabi iste’mol qilasiz, keyin asta-sekin yog’siz oqsilli ovqatlar qo’shasiz va normal taomnomaga qaytasiz.
Nonushta: sarig’i chala pishgan tuxum;
3 soatdan keyin: 150 g kam yog’siz tvorog, shakarsiz choy;
Yana 3 soatdan keyin: tvorog va choy bilan takrorlang;
Kechki ovqat bo’lmaydi;
Imkon qadar ko’proq suv iching.
Bu parhez uglevodlarsiz parhezga juda o’xshaydi, lekin bu biroz yengilroq shakli, chunki aslida ushbu parhezda oqsil miqdori ham juda kam bo’lib, sog’likka zarar keltirishi tufayli unga biroz o’zgartirishlar kiritilgan. Jiddiy ozishni istamaganlar uchun yanada yengilroq shakli mavjud, u ham samara bobida birinchisidan qolishmaydi:
Nonushta: 30g yog’siz qattiq pishloq turi, bir bo’lak javdar non, shakarsiz ko’k choy;
Tushlik: qaynatilgan loviya, bir bo’lak javdari non, 200 g kam yog’li tvorog, shakarsiz choy;
Kechki ovqat: bug’da tayyorlangan 100g tovuq go’shti, 1 ta bodring va 1 ta pomidor, shakarsiz ko’k choy.
Parhezlarning xilma-xilligi ozish uchun eng tezkor va eng samarali usulni tanlashni qiyinlashtiradi. Ko’pincha dietologlar ma’lum bir mono-dietani emas, balki bir kunlik (ba’zan uch kunlik) mono-dieatlarni almashtirib turishni tavsiya qiladilar. Ammo, ozish uchun parhez tutishdan oldin, qarshi ko’rsatmalar mavjudligini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashing. Shuni unutmaslik kerakki, har qanday parhezdan chiqish maromida borishi kerak, aks holda barcha yo’qotilgan vazn tezlik bilan qaytadi. Biroq, qat’iy yodda tutish kerak — siz o’zingizga mos tez ozish uchun parhezni tanlasangiz va kerakli natijaga erishish uchun barcha amallarga rioya qilsangiz ham, bu sizga ortiqcha vazn ustidan g’alaba qozonishingizni kafolatlamaydi. Erishilgan vaznni saqlab qolish juda muhim! Va buning uchun so’glom va muvozanatli ovqatlanish tizimi qo’l keladi — yarimtayyor va fast-fudlar, shirin gazlangan ichimliklar va un mahsulotlarini cheklash kerak. Agar vazn 6-7 oy ichida keskin o’zgarishlarga duchor bo’lmasa, u barqaror hisoblanadi. Va nihoyat, unutmangki, ozish uchun parhezlar tutib qiynalgandan ko’ra, sog’lom turmush tarziga rioya qilish, me’yorida ovqatlanish, doimo harakatda bo’lish vaznni so’glom ushab turishga ko’mak beradi.
Manba
Qanday qilib tez ozish mumkin: eng tez va samarali parhezlar
Tez vazn yo’qotish uchun parhez tanlashda quyidagi ko’rsatmalarga amal qiling:Parhezni tanlashda asosiy mahsulot siz uchun oson topiladigan bo’lsin, chunki ko’pchilik samarali va tez parhezlar — monodietalar bo’lib, ular bitta mahsulotga asoslangan bo’ladi;
Parhez tutishda mahsulotlar ta’mi siz hush ko’radigan bo’lishi kerak, aks holda unga rioya qilish ikki barobar qiyin bo’ladi;
Qulayroq vazn tashlash uchun pishirish oson bo’lgan taomlarga afzallik bering, shunda siz kamroq oshxonada bo’lasiz va oziq-ovqatga ortiqcha havasingiz ketmaydi.
Tez ozish uchun pahezlar orasida eng yaxshi samara beradigan quyidagilarga e’tibor qilishingiz mumkin:
Mono-dietaning barcha turlari;
Kefirli parhezning turli xillari;
Mashhurlarning parhezi;
Bugungi kunda mashhur hisoblanadigan oqsilli parhez;
So’nggi paytlarda natijani uzoq kutishni hohlamaydiganlar uchun eng samarali parhezlardan biri sifatida o’z o’rnini topgan tuxumli parhez.
Tez ozish uchun parhezlarning 10 ta eng samaralisi
Gollivud parhezi — gollivud yulduzlari orasida mashhur hisoblanadi, parhez ikki hafta davom etadi, bu vaqt mobaynida o’rtacha 7 kg ga ozish mumkin. Taomnomada shakar, tuz va yog’ miqdorini minimal qilish kerak, nonni butunlay chiqarib tashlang.
Karamli parhez juda samarali hisoblanadi: 7 kun davomida vazningizni 5 kilogrammgacha kamaytirishingiz mumkin. Taomnomada ko’proq karam va biroz yog’ bo’ladi.
Yaponcha parhez — ikki haftada 8 kilogrammgacha ozish imkonini beradi. Taomnoma dengiz mahsulotlariga asoslangan bo’ladi, ammo barini tuzsiz tayyorlash kerak.
Braziliya parhezi sabzavot, shuningdek meva va sabzavot sho’rvalariga asoslangan. Yetti kunda 4 kilogramm ozishingiz mumkin.
Intervalli parhez yoki uch kunlik. U 9 kun davom etadi, 3 kundan kechadigan uch bosqichga bo’linadi, har bir bosqichda ketma-ketlik bilan guruch, kartoshka va sabzavotlarni iste’mol qilasiz. Bu vaqtda faqat toza suv ichish mumkin. 5-7 kilogrammgacha ozish mumkin, ammo siz ehtiyot bo’lishingiz va sog’lig’ingizni nazorat qilishingiz kerak.
Grechkali (grechixali) parhez — odatda bir yoki ikki hafta davom etadi va shu vaqt ichida 4 yoki 8 kilogrammgacha ozish mumkin. Biroq taomnomaning bitta muhim tomoni bor: tez ozish uchun grechkali parhez qaynatilgan grechka asosida turli-tuman mahsulotlar aralashmasi bo’lishi kerak degani emas. Bunday vaziyatda grechkani qaynatib ham, dimlab ham bo’lmaydi — yormaga qaynoq suv solinadi va 3-4 soat qoldiriladi, keyin esa hech qanday ziravor yoki boshqa mahsulot qo’shmasdan iste’mol qilinadi.
Sho’rvali parhez turli sho’rvalarga asoslangan, shu jumladan, bo’tqa-sho’rvalarga. Asosiysi bu sho’rva kartoshka yoki loviyadan emasligi va yog’ va ziravorlar saqlamasligi kerak, nonni ham taomnomadan chiqarib tashlash kerak. Davomiyligi — 7 kun, 4 kilogrammgacha vazn tashlash mumkin.
Top-modellar parhezi — 3 kun davomida siz 3 kilogramm, ba’zan 5 kilogrammgacha ozishingiz mumkin. Ushbu parhez o’ta qiyin hisoblanadi, chunki siz kuniga faqat bitta tuxum va 300 gramm tvorog iste’mol qilasiz, kechki ovqat ham yo’q va faqat suv ichiladi.
Qatiqli (kefirli) parhez 7 kun davom etadi va siz 4-5 kilogrammga ozishiningiz mumkin. Har kuni siz yarim litr yog’siz kefir ichasiz.
Yangi siqilgan sharbatlardan parhez tez ozish imkonini beradi, ammo uni ushlab turish oson emas. Apelsin, greypfrut va limondan tayyorlangan sharbatni kuniga uch marta ichish kerak. Qolgan vaqt suv ichasiz. Odatda parhez 3 kungacha davom etadi va siz 3 kilogrammgacha vazn yo’qotishingiz mumkin.
Samarali vazn tashlash: ozish uchun oddiy parhez
Ozish uchun parhezlarning juda ko’p turlari orasida tezda vazn tashlash uchun mo’ljallangan eng tezkor va eng samarali ekspress-parhezlar mavjud. Ular 5 kungacha davom etadi. Parhez davomida oziq-ovqat miqdori sezilarli ravishda kamayadi va hech qanday kechki ovqat bo’lmaydi. Bu bitta mahsulotga asoslangan mono-dietalar ham bo’lishi mumkin. Misol uchun, kun davomida faqat kefir, sharbat yoki ma’lum bir meva iste’mol qilinadi. Ekspress-parhez taomnomasi quyidagi kabi bo’lishi mumkin:Nonushta: tovuq tuxumi, shakarsiz choy;
Soat 12:00 gacha bo’lgan ikkinchi nonushta — kefir bilan past yog’li tvorog;
Tushlik: bug’da tayyorlangan 150g baliq go’shti, sabzavotli salat va limon sharbati qo’shilgan holda, ammo yog’siz va mevalarsiz;
Kechki ovqat: shakarsiz choy.
Shuningdek, tez va samarali ozish uchun parhezning «yuksiz» kunlar kabi shakli mavjud. Uch kunlik yuksiz davrda 4 kilogramm ozishingiz mumkin. Birinchi kun — parhezga kirish, ikkinchi kun — ochlik, uchinchi kun — parhezdan chiqish. Oziqlanish taomnomasi bunday ishlab chiqariladi: ochlikga tayyorgarlik ko’rayotganda, siz yog’li va uglevodli oziq-ovqat iste’molini cheklashingiz kerak. Yormalar, dukkakli mahsulotlarni iste’mol qilmang. Nonushta qilish uchun faqat ko’k choy ichish, tushlik qilish uchun meva va sabzavotlarni xom shaklda, tuzsiz iste’mol qilishingiz kerak, lekin zaytun yog’ibilan to’ldirilishi mumkin. Kechki ovqatdan voz kechish kerak, soat 19:00 lardan keyin faqat shakarsiz choy yoki suv ichish kerak. Butun ikkinchi kun — ochlik, siz faqat 3-4 litr suv ichishingiz mumkin. Uchinchi kun parhezdan asta-sekin chiqa boshlaysiz. Shu kuni siz oziq-ovqatlarni birinchi kun kabi iste’mol qilasiz, keyin asta-sekin yog’siz oqsilli ovqatlar qo’shasiz va normal taomnomaga qaytasiz.
Bir haftalik parhez: samarali va zararsiz ozish
Siz shuningdek kartoshkali kunlar uyushtirishingiz mumkin — hafta davomida siz ziravorlarsiz holda, po’stlog’i bilan qaynatilgan kartoshka iste’mol qilasiz. Ushbu parhez dasturi yordamida 2-3 kilogrammga ozish mumkin. Bundan tashqari, banan va sutga asoslangan ozish uchun parhez ham o’z samarasini namoyon qiladi. U ham 7 kungacha davom etadi, siz o’rtacha 3 kilogrammga ozishingiz mumkin. Kunlik ovqatlanish ikkita banan va 3 stakan sutdan iborat bo’ladi. Bu parhezning ikkalasi ham aslida juda samarali, lekin qaynatilgan kartoshka yoki bananni qancha yoqtirmang, bir hafta davomida bitta narsani iste’mol qilish me’daga tegadi, shuning uchun parhez biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin.Tez ozish uchun eng samarali parhezning misoli
Tez va samarali ozish uchun eng samarali parhez — «uglevodlarsiz parhez» deb hisoblashadi. Uch kun mobaynida bunday parhez yordamida modda almashinuvi va tana vazniga qarab 5 kilogrammgacha ozishi mumkin. Taomnoma quyidagicha:Nonushta: sarig’i chala pishgan tuxum;
3 soatdan keyin: 150 g kam yog’siz tvorog, shakarsiz choy;
Yana 3 soatdan keyin: tvorog va choy bilan takrorlang;
Kechki ovqat bo’lmaydi;
Imkon qadar ko’proq suv iching.
Bu parhez uglevodlarsiz parhezga juda o’xshaydi, lekin bu biroz yengilroq shakli, chunki aslida ushbu parhezda oqsil miqdori ham juda kam bo’lib, sog’likka zarar keltirishi tufayli unga biroz o’zgartirishlar kiritilgan. Jiddiy ozishni istamaganlar uchun yanada yengilroq shakli mavjud, u ham samara bobida birinchisidan qolishmaydi:
Nonushta: 30g yog’siz qattiq pishloq turi, bir bo’lak javdar non, shakarsiz ko’k choy;
Tushlik: qaynatilgan loviya, bir bo’lak javdari non, 200 g kam yog’li tvorog, shakarsiz choy;
Kechki ovqat: bug’da tayyorlangan 100g tovuq go’shti, 1 ta bodring va 1 ta pomidor, shakarsiz ko’k choy.
Parhezlarning xilma-xilligi ozish uchun eng tezkor va eng samarali usulni tanlashni qiyinlashtiradi. Ko’pincha dietologlar ma’lum bir mono-dietani emas, balki bir kunlik (ba’zan uch kunlik) mono-dieatlarni almashtirib turishni tavsiya qiladilar. Ammo, ozish uchun parhez tutishdan oldin, qarshi ko’rsatmalar mavjudligini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashing. Shuni unutmaslik kerakki, har qanday parhezdan chiqish maromida borishi kerak, aks holda barcha yo’qotilgan vazn tezlik bilan qaytadi. Biroq, qat’iy yodda tutish kerak — siz o’zingizga mos tez ozish uchun parhezni tanlasangiz va kerakli natijaga erishish uchun barcha amallarga rioya qilsangiz ham, bu sizga ortiqcha vazn ustidan g’alaba qozonishingizni kafolatlamaydi. Erishilgan vaznni saqlab qolish juda muhim! Va buning uchun so’glom va muvozanatli ovqatlanish tizimi qo’l keladi — yarimtayyor va fast-fudlar, shirin gazlangan ichimliklar va un mahsulotlarini cheklash kerak. Agar vazn 6-7 oy ichida keskin o’zgarishlarga duchor bo’lmasa, u barqaror hisoblanadi. Va nihoyat, unutmangki, ozish uchun parhezlar tutib qiynalgandan ko’ra, sog’lom turmush tarziga rioya qilish, me’yorida ovqatlanish, doimo harakatda bo’lish vaznni so’glom ushab turishga ko’mak beradi.
Manba: Mymedic
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.