Hech qachon kechasi yemasligingiz kerak bo‘lgan 7 xil mahsulot
Bu gazaklar nafaqat vaznga salbiy taʼsir qiladi, balki uxlab qolishga ham xalal beradi. Agar uyqudan oldingi ovqatlanish odatidan butunlay voz kecha olmasangiz, hech bo‘lmaganda kechki menyudan ushbu mahsulotlarni chiqarib tashlang. Ammo shuni yodda tutish kerakki, kunning oxirgi ovqati yotishdan ikki-uch soat oldin qabul qilingan bo‘lishi kerak – albatta, o‘z salomatligingiz uchun.
Yog‘li qovurilgan ovqat
Organizm uglevodlar va hatto, oqsillarni qayta ishlashdan ko‘ra yog‘li ovqatlarni hazm qilish uchun ko‘proq vaqt sarflaydi. Kechki ovqat uchun qovurilgan kartoshka yoki yog‘li baliq isteʼmol qilsangiz, kechasi uxlash o‘rniga organizm kechki ovqatni hazm qilish bilan band bo‘ladi. Ertalab esa uyg‘onish siz uchun qiyin jarayonga aylanadi.
Achchiq taomlar
Birinchidan, achchiq taom va ziravorlar oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladi va jig‘ildon qaynashiga olib keladi. Ikkinchidan esa ziravorlar gistaminlarni chiqaradi, bu esa o‘z navbatida uyg‘onishga yordam berib va uyquni buzadi.
Foto: “Noviy ochag”
Tovuq va kurka go‘shti
Parhez bop yog‘siz go‘sht — bu kechki tamaddi uchun ajoyib variant bo‘lib tuyuladimi?Boshqacha bo‘lishi mumkinmi?Biz isteʼmol qiladigan protein dopamin ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi. Dopamin quvvatlantiruvchi va energiya berish xususiyatiga ega. Shu bois, parranda go‘shtini tushlik vaqtida yegan yaxshiroqdir. Taomdan olinadigan g‘ayratingiz bilan hamkasblarni yoki oila aʼzolaringizni xursand qiling.
Spirtli ichimliklar
Hammasi oddiy: hatto, bir stakan yengil vino ham uyqu sifatini 40 foizga kamaytiradi. Kechqurun qancha ko‘p ichilsa, tungi dam olish shunchalik yomon bo‘ladi. Kamiga ertalab uyg‘onganda esa o‘zimizni yomon his qilamiz.
Foto: “Noviy ochag”Shokolad
Shokolad tarkibida kofein bor. Uch dona to‘rtburchak qora shokoladda chorak chashka kuchli espresso qahvasidagidan ko‘proq kofein mavjud. Kechasi kofe ichasizmi? Shuning uchun ham shokolad yemang.
Suv
Kechqurun namlik balansini to‘ldirishga majbur bo‘lmaslik uchun kun davomida ko‘p suyuqlik iching. Odatda, oxirgi stakan suvni yotishdan ikki soat oldin ichish kerak. Aks holda, kechasi uyg‘onishga to‘g‘ri keladi.
Quvvat beruvchi ichimliklar
Bunday ichimliklar tarkibida kofein mavjud. Shuningdek, sport ichimliklari faol va kuchli mashq qilishga yordam beradi. Tushdan keyin sport zaliga borishga odatlangan bo‘lsangiz, mashg‘ulotlardan oldin va keyin ichadigan ichimliklar tarkibini diqqat bilan tekshiring.
Mavzuga doir:
- 7-8 soatdan kam uxlash ortiqcha vazn yig‘ishga qanday “hissa” qo‘shadi?
- Nima uchun ovqatdan keyin uyqu tortadi va bu xususda nimalarni bilish muhim?
- Kechasi yomon uxlayapsizmi?7 ta xavfli kasallik uchun tibbiy tekshiruvdan o‘ting
Manba