Nonni tekis kesish, tiqinlarni tozalash — qaynoq suv bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan noodatiy layfxaklar
Qaynoq suvdan faqat choy yoki qahva tayyorlash uchun foydalanilmaydi. U bilan yana nimalar qila olish mumkinligini quyidagi maqola orqali bilib olasiz.
Begona oʻtlardan xalos boʻling
Hovli tevaragidagi begona oʻtlarni tozalash uchun ularni kimyoviy moddalar bilan zaharlashga hojat yoʻq. Tuproq tarkibiga ziyon keltirmaydigan xavfsiz va ekologik toza usul bor: qaynoq suv. Bu usul hovlilarda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan bir yillik oʻsimliklarga qarshi kurashda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi. Ammo oʻq ildizli oʻtlar, masalan, qoqioʻtdan xalos boʻlish uchun ildiziga bir necha choynak qaynoq suvni quyish kerak.
Tuxum qaynatishning yangicha usuli
Tuxumni qaynatishning qiziqarli usuli bor. Choynakka tubidan 10 santimetr koʻtarilgan miqdorda suv quyib, past olovda qaynatiladi. 4 ta tuxumni mayda teshikli elakka chaqib soling, tuxum oqi pastga oqib tushguncha kuting. Massani koʻpirtiring, ustiga qaynoq suv quyib, qoshiq bilan aralashtiring. 20 soniya ichida tuxum tayyor boʻladi!
Nonni bir tekis kesish usuli
Agar qolipli yoki baton non hozirgina pishib chiqqan boʻlsa, unda nonni maxsus arra-tishli pichoq bilan kesish qiyin boʻladi. Non boʻlaklarga boʻlinib, uvalanib ketadi. Bu muammoni hal qilish oson, faqat pichoq ustiga qaynoq suv quyib, darhol nonni kesishni boshlash kerak. Endi siz bir tekisda kesilgan non boʻlaklaridan mukammal sendvichlar tayyorlay olasiz.
Tiqinlarni tozalang
Rakovina yoki vannadagi tiqinlarni bir necha choynak qaynoq suv bilan tozalashingiz mumkin. Qaynoq suv organik qoldiqlarni tezda eritadi, yumshatadi, shunda ular osongina drenajga tushib ketadi. Ammo PVX( polivinilxlorid)dan tayyorlangan quvurlar boʻlsa, bunda qaynoq suvdan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Taxtakachlarni dezinfeksiyalashda qoʻl keladigan usul
Foto: “Lisa.ru”Yogʻoch taxtalarni qattiq choʻtka va kimyoviy moddalar bilan tozalamang, oqibatda ular yaroqsiz holga keladi. Shu bilan birga, ularda bakteriyalar va zararli mikroorganizmlar koʻpayishi mumkin. Xom goʻsht yoki baliqni toʻgʻrab boʻlgach, taxtakachning yuzasiga qaynoq suv quying va koʻrsatmalarga muvofiq foydalanishda davom eting.
Yuzni tozalash uchun sochiq tayyorlang
Issiqqina nam sochiq yuz terisini kosmetika vositalaridan yoki yuz niqobi qoldiqlaridan samarali tozalaydi. Toza yumshoq matoni qaynoq suvga botirib, siqib oling va yuzingizni uqalash harakatlari bilan artib oling. Bu usul terini keyingi parvarish uchun tayyorlaydi. Yuzni tozalab olgach, krem yoki oziqlantiruvchi vositalarni surtishingiz mumkin.
Manba