Salomatlik Ayollar uchun Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?

Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?

O'qildi: 320


Trikotaj kiyimlarga zarar yetkazmasdan qanday yuvish mumkin?

Yupqa trikotaj matosidan tikilgan kiyimlar yuvilganda juda oson zarar ko‘rishi mumkin va bunday kiyimlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak. Marie Claire ushbu nozik matoga zarar bermay yuvish bo‘yicha tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Yorliq bilan tanishib chiqing

Foto: Marie Claire

Bu oddiy tuyilishi mumkin, lekin ko‘pchilik ushbu qoidani e’tiborsiz qoldiradi. Ayni paytda yuvish rejimi va suv harorati bo‘yicha oddiy ko‘rsatmalarga rioya qilish ko‘p narsalarni tejaydi.

Kiyimlarni ichki tomoni bilan yuving

Ushbu layfxak trikotaj sviter yoki ko‘ylakning ko‘rinishini bir zumda buzadigan eskirish va katishkalardan qutqaradi.

Iloji bo‘lsa qo‘lda yuving 

Foto: Marie Claire

Nozik kiyimni mashinaga solishdan ko‘ra, qo‘lda yuvish har doim yaxshiroqdir. Shuning uchun, agar vaqt bo‘lsa, dangasalik qilmay trikotaj kiyimlarni qo‘lda yuvish tavsiya etiladi.

Maxsus xaltada yuving

Agar trikotaj kiyimlarni mashinada yuvayotgan bo‘lsangiz, ularni oldindan to‘rli kir yuvish xaltasiga solish kerak. Bu to‘qilgan kiyimalarning deformatsiyasi xavfini kamaytiradi.

Maxsus vositadan foydalaning

Foto: Marie Claire

Kukun yoki gel yorlig‘idagi ko‘rsatmalarga alohida e’tibor berish kerak. Bunday qimmat mahsulotlar trikotaj kiyimlar sifatini saqlaydi. Qo‘lda yuvilganda esa chaqaloqlar shampunidan ham foydalanish mumkin.

Sovuq suvda yuving

Albatta, agar yorliqdagi ko‘rsatmalarda taqiqlanmagan bo‘lsa. Boshqa holatlarda sovuq suv trikotaj kiyimlarning shakli o‘zgarishidan qutqaradi.

Trikotaj kiyimlarni siqmang

Foto: Marie Claire

Kir yuvish mashinasining maxsus rejimi qoida tariqasida, juda intensiv siqishni o‘z ichiga olmaydi. Ammo qo‘lda yuvayotganda tasodifan trikotaj kiyimlar qattiq siqib yuboriladi. Yaxshisi yuvilgan buyumni shunchaki sochiq ustiga qo‘yib, uni o‘rab qo‘yish tavsiya etiladi.

Kir yuvish mashinasida quritmang

Trikotaj kiyimlarini mashinada quritish juda yomon fikr. Shu tarzda quritilgan narsa bir zumda quriydi, ammo bir necha o‘lchamga kichrayadi.

Quritish uchun osmang

Ilgaklar nozik matoning cho‘zlishiga va shaklini o‘zgartirib yuborishiga sabab bo‘ladi. Trikotaj kiyimlarni tekis va toza yuzada, havo yaxshi aylanadigan joyda quritish tavsiya etiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.