Salomatlik Ayollar uchun Tiqilib qolgan rakovina va hammom quvurlarini tozalashning 3 ta usuli

Tiqilib qolgan rakovina va hammom quvurlarini tozalashning 3 ta usuli

O'qildi: 350


Tiqilib qolgan rakovina va hammom quvurlarini tozalashning 3 ta usuli

Agar rakovina yoki hammom quvuri suvni yaxshi tortmayotgan bo‘lsa, muammoning yechimi bor. Faqat vaqtida e’tibor qaratmaslik muammoning jiddiylashishiga va boshqa yoqimsiz holatlarga ham olib kelishi mumkin. “Noviy ochag” nashri rakovina hamda hammom quvurlarini tez-tez tozalab turishning 3 ta usuli bilan tanishtirib o‘tdi.

Foto: “Noviy ochag”

Quvurlarni tozalash moslamasi

Foto: Pinterest

Mayda tishlardan tashkil topgan plastik arqon arzon va juda foydali. Agar sochlar yoki chiqindilar quvurga tiqilgan bo‘lsa, vositani qurilmaga aylanma harakat bilan tiqib, sekin tortib olish kifoya. Vositadagi tishchalar quvurga tiqilgan barcha narsani tortib oladi, suv esa yaxshiroq keta boshlaydi.

Vantuz

Foto: “Noviy ochag”

Vantuzning yanada samarali ishlashi uchun rakovina teshigi berkitiladi va suv to‘ldiriladi. So‘ngra vantuz rakovina quvuriga qo‘yilib, 5-10 marta havo yuboriladi. Bu suvning avvalgidek oqishi uchun yetarli.

Iste’mol sodasi hamda sirka

Foto: “Noviy ochag”

Quvurga taxminan ½ chashka iste’mol sodasi hamda bir stakan sirka quyiladi. So‘ngra quvur teshigi ho‘l sochiq bilan yopiladi. Reaksiya tugaguncha biroz kutiladi va qaynoq suv quyiladi.

Bu kabi muammoga duch kelmaslik uchun hammomga soch tolalarini ushlab qoluvchi moslama o‘rnatish tavsiya etiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Hammomda oddiy atir sovundan ko‘ra dush uchun mo‘ljallangan geldan foydalanish kerak. Chunki sovun qoldiqlari ham quvurda to‘planib qoladi.

Iste’mol sodasi va sirkadan muntazam foydalanish tavsiya etiladi. Agar ushbu muammoning oldi olinsa, quvurlar har doim yaxshi holatda ishlaydi. Shunchaki bu jarayonni ham hammom va rakovina tozalashdek odatga aylantirib olish ham mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.