Manikyur, makiyaj va boshqa vaziyatlarda skotchdan unumli foydalanishning noodatiy usullari
Skotchdan hamma ham biror narsani yopishtirish maqsadida foydalanadi. Ammo uni ishlatishning kutilmagan usullariga e’tibor berish vaqti keldi. Ularning aksariyati siz uchun foydali bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Poyabzal va kiyimlarni tozalang
Agar uyda kiyim va poyabzal uchun yopishqoq rolik bo‘lmasa, uni oddiy skotch bilan almashtirish mumkin. Skotch bir necha soniya ichida zamsh, drap, trikotaj va boshqa matolardan chang, sochlar va boshqa mayda kirlarni to‘playdi.
Bo‘yinbog‘ni mahkamlang
Agar bo‘yinbog‘ning pastki qismi ustidagisidan tashqariga qarab tursa, uni ikki tomonlama skotch bilan mahkamlash mumkin. Skotch bo‘yinbog‘ning ichki qismiga yopishtiriladi.
Makiyaj uchun
Ko‘z qovog‘iga bir tekis strelkalar chizish uchun skotchdan foydalanish mumkin. Buning uchun skotch bir necha kichik bo‘lakda ko‘zning pastki qismidan yuqoriga qarab yopishtiriladi. So‘ngra uning chizig‘i bo‘ylab strelka chiziladi, mahsulot quriguncha bir necha daqiqa kutiladi va skotch olib tashlanadi.
Trefaret yasash mumkin
Skotch yordamida trefaret yasab, sirtga har qanday shakl va o‘lchamdagi naqshlarni chizish mumkin. Skotch sirtga mahkam yopishtirilgani uchun uning ostiga siyoh tushishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Singan shishani yig‘ib oling
Singan shishaning katta bo‘laklarni qo‘llar yoki cho‘tka bilan to‘plash mumkin, lekin ko‘zga ko‘rinmas kichik zarralar-chi?Yechimi bor. Skotchni shunchaki kerakli joyga yopishtirib, tortib olish muammoni bartaraf etadi.
G‘ayrioddiy manikyur
“French” uslubidagi manikyur yoki tirnoqlarga g‘ayrioddiy geometrik naqshlar chizish qiyin, albatta. Ularni skotch yordamida yaratish oson. Dastlab ularni tanlangan tartibda joylashtirib, bir nechta qismlarni bir-biridan ajratib olish va tirnoqqa mos keladigan laklar bilan bo‘yash kifoya. Skotchni tirnoqdan olib tashlashdan oldin lak to‘liq quriguncha kutish lozim.
Chiroyli guldasta yasang
Agar guldon katta, gullar esa kam bo‘lsa, ushbu muammoning ham yechimi bor. Gullar chiroyli ko‘rinishda bo‘lishi uchun skotch guldon og‘ziga panjara shaklida yopishtiriladi. Skotch orasida qolgan ochiq joyga gullar tiqiladi va guldasta hosil bo‘ladi.
Qadoq paydo bo‘lishining oldini oladi
Agar yangi poyabzal oyoqlarni ursa, muammoli joylarga skotch yopishtirish kerak. Ular teriga ta’sir qilish intensivligini kamaytiradi, shish va yaralar paydo bo‘lishidan himoya qiladi.
Buyumlarni saqlang
Kerakli buyumlarni yashirish uchun skotch bilan yaxshilab o‘rab, stol yoki karavot ostiga yopishtirish mumkin. U yerda biror narsa bo‘lishi hech kimning xayoliga ham kelmaydi.
Bilaguzukni mahkamlang
Bir qo‘l bilan bilaguzukni ulash oson ish emas. Bunday vaziyatda skotch yordamga keladi. Bilaguzukning bir uchi skotchga ulanadi va qisqich yopiladi.
Manba