Kiyimdagi katishkalarni tezda tozalash bo‘yicha 12 ta layfxak
Odatda ko‘p kiyiladigan kiyimlarda katishka paydo bo‘ladi. Ular kiyimning yangi ko‘rinishiga putur yetkazadi. “Lisa.ru” nashri ushbu muammoga yechim bo‘ladigan 12 ta layfxak bilan bo‘lishdi.
Foto: “Lisa.ru”Katishka qanday paydo bo‘ladi?
Katishka kiyimning bir-biriga ishqalanadigan muammoli joylarida paydo bo‘ladi — tirsak, qo‘ltiq, bo‘yin, manjetlar. Sintetika, aralash material va trikotajda ko‘proq kuzatiladi.
Katishka paydo bo‘lishining oldini qanday olish kerak?
- Ipak, jun, trikotajdan tikilgan kiyimlarni yuvishdan oldin ichki tomoniga o‘girish kerak.
- Boshqa narsalarga ilinib qolmasligi uchun zamokli kiyimlarni maxsus qopda yuvish tavsiya etiladi.
- Konditsioner yordamida ipak matolarni mashinada nafis kiyimlarga mo‘ljallangan siklda tozalash lozim.
- Jun mahsulotlari qo‘lda 30 graduslik suvda yaxshi yuviladi.
- Kir mashinasida quritish ortiqcha ishqalanishni keltirib chiqaradi.
- Sumkalar bilan ehtiyot bo‘lish lozim, ular ko‘pincha kiyimlarning yelka sohasiga zarar yetkazadi.
- Qo‘llarni jun paltoning cho‘ntagiga kamroq solish kerak. Katishka ko‘proq manjet va cho‘ntaklar atrofiga tushadi.
Vaziyatni qiyinlashtirmaslikka harakat qiling. Darhol chigallashgan katishkalarni olib tashlagan yaxshiroq — bu kiyimni uzoq vaqt yangi ko‘rinishda saqlashga yordam beradi.
Katishkadan qanday qutilish mumkin?
Ustara
Ehtiyot bo‘lish kerak, ushbu usul shlyapa, qo‘lqop va paypoqlar uchun samarali. Katishka uchun yangi bo‘lmagan ustara mos keladi. Mato cho‘zilib, uning yuzasi taraladi. Yirik tolalardan to‘qilgan kiyimlarni ustara bilan tozalash tavsiya etilmaydi.
Skotch
Skotch uy hayvonlarining yunglarini olib tashlashda ayni muddao. Lekin qalin trikotaj materiallari uchun mos emas. Mato gorizontal yuzaga qo‘yiladi, skotchning bir qismini kesib olinadi, u kerakli joyga yopishtiriladi. Keyin bir harakat bilan skotch tortib olinadi.
Tish cho‘tkasi
Tish cho‘tkasi nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi uchun, balki kiyimlarni tozalash uchun ham foydali. Buyum stol ustiga qo‘yiladi va yumshoq cho‘tka bilan tozalanadi. Bir piyola ichiga iliq suv quyiladi, sirka qo‘shib, mato yuviladi. Sirka bilan yuvish tolalarni to‘g‘rilashga yordam beradi, yumshoqlikni tiklaydi.
Taroq
Mayda tishlari bo‘lgan taroq qalin jun ipdan tikilgan kiyimdagi katta katishkalardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Istalgan joyni tolalar yo‘nalishi bo‘yicha tarash tavsiya etiladi. Agar kerak bo‘lsa, jarayonni takrorlash mumkin.
Manikyur qaychisi
Agar katishkalar kam bo‘lsa, bu usul samarali bo‘ladi, aks holda ularni tozalash qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bezakli, neylon hamda ipak matodan katishkalarni tozalashda matoga zarar yetishi mumkin.
Gubka
Gubkaning qattiq qismi kiyimlarni tozalashda yordam beradi. Yangi gubka silliq mato ustida chigallashgan tolalarni tozalaydi.
Cho‘tka
Katishkalardan qutulish uchun maxsus cho‘tka mavjud, u matoni tez va xavfsiz tozalaydi. Matoni tozalashda cho‘zmasdan bir yo‘nalishda harakatlanish lozim. Yaxshi natijaga erishish uchun bir joyni 1-2 marta tozalash kifoya.
Pemza
Oddiy kosmetik tosh matoga zarar yetkazishi mumkin. Katishkalar uchun maxsus pemza toshi mavjud. Pemza tekis yuzaga qo‘yiladi, muammoli joylar tozalanadi. Vaqti-vaqti bilan toshga yopishgan katishkalar olib tashlanadi.
Katishka tozalash qurilmasi
Ishlash prinsipiga ko‘ra, elektr mashina ustaraga o‘xshaydi. Ammo yirtib tashlamaslik yoki iz qoldirmaslik uchun mashinani ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Qurilma oddiy, asosiy qismi quvvat tugmasi bo‘lgan korpus va iplarni yig‘ish uchun idishdan iborat.
Kimyoviy tozalash
Qimmatbaho va nozik matolardan katishkani olib tashlashni professionallarga topshirish yaxshiroqdir — uni kimyoviy tozalashga olib borish tavsiya etiladi. Bu sevimli libosni saqlab qoladi va xizmat muddatini uzaytiradi.
Manba