Dazmolning keragi yo‘q: G‘ijim bo‘lmaydigan yozgi matolar
Barchaning hayotida hech bo‘lmasa bir marotaba shunday voqea yuz beradi. Shoshilinch vaqtda hamma narsa aksiga oladi: kiyim g‘ijim, dazmol esa ishlamaydi. Muammoni bartaraf etish uchun esa vaqt yo‘q. Ammo bu kabi noqulay vaziyatning oldini olish imkoni bor. The Voice Mag nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, g‘ijim bo‘lmaydgan yozgi matolardan tikilgan liboslarni kiyish masalaning yechimidir.
Foto: The Voice MagYaqinda SuperJob platformasi uy ishlari bo‘yicha ayollar orasida katta so‘rovnoma o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, eng yoqimsiz uy ishlaridan biri — bu dazmollash bo‘lib, u pol artishdan ham ko‘proq foizni tashkil etdi. Respondentlarning 24 foizi, agar imkon bo‘lsa, dazmoldan voz kechishini ma’lum qildi. Bu butunlay pirofobiyada — uyda qurilmani yoqiq qoldirishdan qo‘rqish, undan yong‘in chiqishidan xavotirlanish emas, balki ertalab turib, u bilan kiyimlarni dazmollashni istamaslikdir.
Ammo buning kutilmagan yechimi ham bor. Bug‘li dazmol sotib olish yoki ertalab g‘ijimlangan holda uydan chiqib ketishga to‘sqinlik qiladigan uy ishlari jadvalini tuzish kabi maslahatlarni chetga surib, asosan, dazmollashni talab qilmaydigan kiyimlarga o‘tish kerak.
Albatta, hamma narsa materialga bog‘liq, ko‘pincha sintetik matolar kamroq g‘ijim bo‘lishga moyildir. Lekin do‘kondagi yorliqda har qanday belgilarga e’tiborli bo‘lish kerak.
Poliyestr
Poliyestrni umuman dazmollash mumkin emas. Unga suv purkab, mayda g‘ijimlar yo‘qolguncha kutgan yaxshiroq. Ushbu materialning kamida 65 foizini tashkil qilgan kompozitsiyaga diqqat qilish kerak, shundagina unga g‘amxo‘rlik qilish muammo bo‘lmaydi.
Denim(djinsi)
Ma’lumki, djinsi matolarni ham dazmol qilmaslikning yo‘li bor. Ammo haqiqiy djinsi dazmollashni talab qiladi, tarkibiga laykra qo‘shilgan modellar bunga muhtoj emas.
Sun’iy ipak
U asetat deb ham ataladi — buni unutmaslik kerak, chunki u hayotni sezilarli darajada soddalashtirishi mumkin. Sun’iy ipak tabiiy ipak kabi silliq va yorqin, faqat dazmolning minimal aralashuvini talab qiladi. Bir marta bug‘langandan keyin uzoq vaqtgacha dazmolni unutish mumkin.
Modal
Bu tanani sovitadigan viskozaning takomillashtirilgan turi va shuning uchun yozgi kiyim ishlab chiqarilishida faol qo‘llanadi. Nozik tuzilishi tufayli modal matolar g‘ijim bo‘lmaydi, shuning uchun uni tekis holatda quritish yoki bug‘da ozgina ishlov berish kifoya.
Manba