Idish yuvish mashinasi uchun tabletka, kir yuvish kukuni va uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 3 xil tabiiy tozalash vositasi
Ko‘plab mutaxassislar tijoriy yuvish vositalarini sog‘liq uchun xavfli deb atamoqda. Lekin ekologik toza va zararsiz tozalagichlar shu vaqtgacha ham muzlatkich yoki shkafda mavjud bo‘lgan. “Noviy ochag” nashri uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 5 xil tozalash vositasi bilan tanishtirib o‘tdi.
Foto: “Noviy ochag”Kir yuvish kukuni
Do‘kondan sotib olinadigan kir yuvish vositalarida ammiak mavjud bo‘lib, u daryolarni ifloslantiradi va ekotizimga tahdid soladi. Ammo zararsiz kukunni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin: buning uchun tabiiy sovun, iste’mol sodasi, bor kislotasi va blender yoki go‘sht maydalagich kerak bo‘ladi. Sovun mayda bo‘laklarga bo‘linadi, soda(1:2 nisbatda)va bor(1:1)bilan blender yordamida aralashtiriladi. Yaxshilab silkitib, salqin, qorong‘i joyda katta idishda saqlash mumkin.
Idishlarni yuvish mashinasi uchun tabletkalar
Albatta, shisha idishlarda chiziqlarning paydo bo‘lishi yoqimsiz holat, hamma ham ularni yangidek saqlanishini xohlaydi. Afsuski, ko‘plab idish yuvish vositalarida fosfatlar mavjud bo‘lib, ular keyinchalik suv yo‘llariga tushadi. Birinchidan, ular suv ekotizimlarining o‘sishini rag‘batlantiradi, bu esa suv o‘tlarning faol o‘sishiga olib keladi. Ammo buning natijasida suv yo‘llari yopilib qoladi va oziq-ovqat zanjirlari buziladi, baliqlar nobud bo‘ladi. Shuning uchun 17 davlat fosfatli yuvish vositalarini taqiqlagan.
Bu esa xavfsiz yuvish vositasining retsepti: bir stakan iste’mol sodasi, chorak stakan limon kislotasi va bir xil miqdordagi yirik tuz. Idish yuvish mashinasining o‘rtacha yuki uchun bu aralashmaning bir osh qoshig‘i yetarli bo‘ladi.
Universal tozalagich
Sirkani idishdagi qotib qolgan ovqat va pechka ustidagi kuygan dog‘ni osonlikcha tozalaydi. Sepiladigan idishga yarim stakan sirka, ikki osh qoshiq iste’mol sodasi, bir necha tomchi choy daraxti yog‘i va suv quyib aralashtiriladi. Sirtga purkashdan oldin yaxshilab silkitish lozim.
Nam salfetkalar
Rulon salfetkalar ham ekologiyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular zararli kimyoviy moddalarga to‘la keraksiz bir martalik chiqindidir. Bundan tashqari, ular uchun ko‘p pul sarflanadi. Pulni tejash orqali atrof-muhitni muhofaza qilish mumkin. Oddiy paxta bir qancha bo‘laklarga bo‘linadi. Ular sirka va choy daraxti yog‘i aralashmasi bilan namlanadi, so‘ngra qopqoqli idishga joylashtiriladi. Zarur bo‘lganda nam salfetkalar o‘rnida qo‘llash mumkin.
Hammom tozalagich
Shuningdek, ushbu tozalagich oshxona va oshxona anjomlari uchun ham mo‘ljallangan. Umuman olganda, universal. Bir stakan iste’mol sodasi va bir stakan tuz aralashtiriladi. Uning yordami bilan metall, keramika va boshqa sirtlarni tozalash tavsiya etiladi.
Manba