Salomatlik Ayollar uchun Oshxona shkaflarini to‘g‘ri tozalash bo‘yicha 7 ta layfxak

Oshxona shkaflarini to‘g‘ri tozalash bo‘yicha 7 ta layfxak

O'qildi: 420


Oshxona shkaflarini to‘g‘ri tozalash bo‘yicha 7 ta layfxak

Oshxonani tozalashda ko‘pincha uchta narsaga e’tibor qaratiladi: rakovina, gaz plitasi va asosiy stol. Bu, albatta, to‘g‘ri, lekin oshxona eshiklari va shkaflarning yon yuzalari haqida unutmaslik kerak, ularda ham vaqt o‘tishi bilan chang va yog‘ qoldiqlari to‘planadi. Shkaf yuzalarini yuvish zerikarli va ko‘p vaqt talab etadi, lekin bu muntazam ravishda qilinmasa, oshxona tezda eskiradi va o‘zining shinam ko‘rinishini yo‘qotadi. “Noviy ochag” nashri oshxonani tezda tartibga keltirish va xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir nechta layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Tozalash uchun yumshoq yuvish vositalardan foydalanish

Oshxona rakovinasi uchun abraziv tozalash vositalari va qattiq cho‘tkalardan voz keching. Qattiq kimyoviy moddalar oshxona kabinetlarining qoplamasiga zarar yetkazishi mumkin. Asosiy vosita sifatida oshxona sirtlari uchun universal suyuq geldan foydalanish mumkin. Idish yuvish vositasini issiq suv bilan 1:2 nisbatda yoki sirka va suv bir xil nisbatda aralashtirilib, so‘ngra tozalanadi. Suvning iliq bo‘lishi muhim, bu yog‘ tomchilarni samaraliroq eritishga yordam beradi. Tozalash aralashmasi sepiladigan idishga quyiladi va kerakli joylar tozalanadi.

Vositani so‘rilishi uchun qoldirmaslik

Ushbu maslahat uydagi barcha mebellarga tegishli. Tozalovchi vositani mebelning o‘ziga emas, balki yumshoq mikrofiber matoga qo‘llash kerak. Latta biroz nam bo‘lishi kerak. Uning haddan tashqari ho‘l bo‘lishi vaqt o‘tishi bilan mebelga zarar yetkazadi. Har bir eshik, shkaf eshigining tutqichlari va ichki qismini tozalashni unutmaslik kerak. Agar kerak bo‘lsa, jarayonni yana takrorlash tavsiya etiladi.

Tish cho‘tkasidan foydalanish

Ba’zi shkaflar oddiy mato bilan tozalash qiyin bo‘lgan bezak va burmalardan tashkil topgan dekorativ qoplamaga ega. Bunday joylar uchun eski tish cho‘tkasi tozalash eritmasiga namlanadi. Cho‘tka iloji boricha yumshoq bo‘lgani afzalroq — bu bo‘yoq qatlamiga yoki boshqa qoplamaga zarar yetkazmaydi.

Eshik temirlari va boshqa metall mahkamlagichlarni namlamaslik

Yumshoq tozalash eritmasi oshxona yuzalari uchun xavfsizdir, ammo suyuqlik tortma ichidagi mahkamlagichlarga tushmasligi kerak. Bu ularning zanglashiga olib kelishi mumkin. Metall qismlardan chang va kirni tozalash uchun quruq mato kifoya qiladi. Agar undagi chang va yog‘larni yuvmoqchi bo‘lsangiz, shundan keyin ularni quritishni unutmang.

Ikki marta artib olish

Barcha yog‘ va changni tozalagandan so‘ng, shkaflarni iliq suvga botirilgan toza mato bilan yana artib olish tavsiya etiladi. Odatdagidek yuqoridan pastga harakatlanib artish zarur.

Shkaflarni tozalashdan keyin quritish

Shkaflarning javonlari va devorlari artilgach, barcha narsani darhol joyiga qo‘yishga shoshilmaslik kerak. Eshiklar ochiq qolgan holatda ular yaxshilab quritiladi. Agar vaqt kam bo‘lsa, fen yordamida ham buni amalga oshirish mumkin.

Shisha yuzalar uchun sirkadan foydalanish

Agar shkafda shisha qismlar o‘rnatilgan bo‘lsa, undagi yog‘ va dog‘larni osongina olib tashlash uchun sirka va suv kerak bo‘ladi. Shisha tokchalarni shkafdan olib tashlash va oddiygina suv ostida yuvib tashlash osonroq. Faqat yaxshilab quritish kerak. Shisha yuzasi uchun abraziv mahsulotlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Dog‘larni soda bilan artish

Shkaflarda yoki ichki qismda yog‘li dog‘lar qolsa, ularni qo‘shimcha ravishda iste’mol sodasi bilan ketkazish mumkin. Iste’mol sodasi va suv aralashmasi bilan kerakli joylar artib olinadi. Aralashma bir necha daqiqadan keyin nam mato bilan artib olinadi.

Shkaflarda umumiy tozalash o‘tkazish

Yiliga kamida ikki marta umumiy tozalashni amalga oshirish va oshxonada saqlangan narsalarni butunlay olib tashlash, tortmalar va barcha ichki qismlarni artib chiqish kerak. Albatta, oshxonada uzoq vaqtdan beri tashlab yuborilishi kerak bo‘lgan narsalar topiladi. Aytgancha, javonlardagi eski va yaroqsiz plastik idishlardan xalos bo‘lish qo‘shimcha joy paydo bo‘lishi bilan birga, bakteriyalar keltirib chiqaradigan muammolarning oldini oladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.