Salomatlik Ayollar uchun Tashlab yuborishga shoshilmang: Poyi yo‘qolgan paypoqdan foydalanish bo‘yicha layfxaklar

Tashlab yuborishga shoshilmang: Poyi yo‘qolgan paypoqdan foydalanish bo‘yicha layfxaklar

O'qildi: 285


Tashlab yuborishga shoshilmang: Poyi yo‘qolgan paypoqdan foydalanish bo‘yicha layfxaklar

Bu har bir xonadonda ertami-kech sodir bo‘ladigan holat: paypoqning biri izsiz yo‘qoladi, ikkinchi poyi esa qoladi. Lekin uni tashlashga shoshilmaslik kerak, chunki undan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin. “Noviy ochag” nashri bir poy paypoq bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan layfxaklarni taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Soyabon uchun g‘ilof

Agar soyabon g‘ilofi yo‘qolsa, uni toza paxta paypoq bilan almashtirish mumkin. Albatta, bunday aksessuar bilan tashqariga olib chiqib bo‘lmaydi, lekin uyda saqlash va soyabonni mumkin bo‘lgan shikastlanishdan himoya qilish uchun juda mos keladi.

Yuzalarni porlatish

Yumshoq matoli paypoq mebel yuzasi, shuningdek, kumush, mis yoki qalaydan yasalgan buyumlarni yanada yorqinroq qilish uchun eng yaxshi tanlov. Uni ishlatish juda qulay va u o‘zidan hech qanday iz qoldirmaydi.

Tizza uchun himoya vositasi

Pol ustida uzoq vaqt tiz cho‘kishni talab qiladigan ishlarni bajarayotganda eski, foydalanilmagan paypoqlar tizzalarni himoya qilishga yordam beradi. Buning uchun paypoqning yuqori qismi kesib olinadi, so‘ngra tizza sohasiga kiyib, bir necha marta qayrish, ichiga paxta yoki boshqa yumshoq mato qo‘yish mumkin.

Muzlab qolgan mashina tozalagichlar

Mashinaning tozalaydigan tayoqchalarni muzlab qolmasligi uchun ularga paypoq kiydirib qo‘yish mumkin. Faqat artgichlarni oynaga bostirib qo‘ymaslik kerak. Chunki shishadan muzlab qolgan matoni olib tashlash oson emas.

Shvabra uchun qoplama

Uzun va yumshoq matoli paypoq shvabra uchun ajoyib qoplamaga aylanadi. Paxta mato namlikni yaxshi shimib oladi va polda chiziqlar qoldirmaydi. Tozalashdan keyin paypoqni oddiy mashinada yuvish mumkin.

Jalyuzilarni tozalash

Eskirgan paypoqlar chang tozalash uchun ajoyib vositadir. Buning uchun paypoq qo‘lgan kiyib olinadi va jalyuzining har ikki tomoni birdaniga tozalanadi.

Changlarni artish

Paypoqlar xona gullari barglari, ventilyator parragi va boshqa har qanday sirtdagi changni tozalash uchun ayni muddao.

Mayda jihozlar

Polda sochilgan mixlarni yig‘ish yoki divan ostidagi mayda buyumlarni topish kerakmi?Chang yutkich trubasiga yupqa paypoq kiydiriladi va u qattiq elastik tasma bilan mahkamlanadi. Shunday qilib, topilgan buyumlar chang yutkich ichiga emas, balki mato ustida qoladi.

Xushbo‘y taratuvchilar

Choyshab va sochiqlarni yoqimli hidlar bilan xushbo‘ylantirish uchun, efir moyiga namlangan paxtani paypoqlar ichiga joylab, javonga qo‘yish mumkin. Shuningdek, uning ichiga quruq xushbo‘y o‘tlarni ham solish tavsiya etiladi — yalpiz, rayhon, atirgul barglari singari.

Quruq qahva donachalari bilan to‘ldirilgan paypoqlar shkaf yoki muzlatkichdagi chiriyotgan va zah hidlardan xalos bo‘lishga yordam beradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.