Tongni yaxshi kayfiyatda qarshi olish uchun nima qilish kerak?
Tongni yaxshi qarshi olish uchun tayyorgarlikni tundan boshlash kerak bo‘ladi. Harper’s Bazaar’ning yozishicha bu borada quyidagi uch jihatga amal qilish kerak:
Foto: Merriam-Webster1. Kechki ovqatda yengil va foydali taomlar iste’mol qilish kerak, ovqat qancha yaxshi hazm bo‘lsa, shuncha tinch uxlash mumkin. Zararli mahsulotlarni yeyish tavsiya qilinmaydi.
Uyquga yotishdan avval smartfon va boshqa gadjetlarni o‘chirib qo‘ying: yotishdan avval Instagram’ga kirib-chiqish yoki telefonning boshqa funksiyalaridan foydalanish tez uyquga ketishga qarshilik qiladi.Tongda qachon uyg‘onishni istasangiz, o‘sha vaqtdan 7 soat avval uxlashga harakat qiling.
2. Soat jiringlaganida vaqtni yana keyinga belgilamasdan o‘rningizdan turing. Uyg‘onish vaqtini cho‘zish organizmga faqat va faqat zarar keltiradi. Turish vaqtini keyinroq qilib belgilash, kun davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni keyinga surilishiga sababchi bo‘ladi va kun shu tariqa boshlanadi. Ko‘zingizni ochishingiz bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirishni bas qiling. Buning o‘rniga:
- Issiq ko‘rpa o‘rnini bosuvchi kardiganingizni kiyib oling;
- Limon va asalli iliq suv iching;
- Xona derazalarini ochib, quyosh nurlaridan bahra oling.
Manba