Salomatlik Ayollar uchun Ulama soch, shishirilgan lab va chizilgan makiyaj. Ayollar tashqi ko‘rinishidagi erkaklarga yoqmaydigan jihatlar

Ulama soch, shishirilgan lab va chizilgan makiyaj. Ayollar tashqi ko‘rinishidagi erkaklarga yoqmaydigan jihatlar

O'qildi: 330


Ulama soch, shishirilgan lab va chizilgan makiyaj. Ayollar tashqi ko‘rinishidagi erkaklarga yoqmaydigan jihatlar

Ba’zida chiroyli ko‘rinaman deb oshirib yuborish, buning natijasida esa boshqalarda yoqimsiz tasavvur qoldirish mumkin.

Foto: Getty Images

Ulama soch va kiprik

Soxta va tabiiylikni juda yaxshi farqlay oladigan erkaklar ulama soch va kipriklarni xushlamaydi. Ko‘zlarni ochilmas darajada yumib qo‘yadigan kipriklar, rangi va tolasi yaqqol farq qiladigan sochlar nafaqat erkaklar, balki boshqa odamlarda ham yaxshi tasavvur qoldirmasligi aniq.

Shishirilgan lablar

Shishirib olingan lablarga nisbatan erkaklar “baliq”, “o‘rdak” lab deb ta’rif beradilar. Tashqi ko‘rinishiga e’tiborli degani lablarni o‘z shakli va kattaligidan yaqqol farq qiladigan darajada shishirib olish kerak, degani emas.

Ko‘zni qo‘pol qilib bo‘yash

Erkaklarga chizib olingan, atrofi qop-qora ko‘zlar yoqadi, deb o‘ylovchilari fikrini o‘zgartirishini tavsiya qilamiz. Bunday bo‘yoqli ko‘zlar, ularning fikricha, ayolning e’tibor jalb qilish va diqqat markazida bo‘lishni istashidan dalolat beradi.

Parvarishlanmagan tishlar

Kiyinib, yasanib olgan bilan tishlarning tartibsiz va qarovsiz bo‘lishi ayollar haqida ko‘p narsa deydi. Hammada ham Gollivud yulduzlarinikidek tekis va oppoq tishlar bo‘lmasligi mumkin, lekin bu oddiygina gigiyena qoidalariga rioya qilish kerakmasligini bildirmaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.