Salomatlik Ayollar uchun Yozda qanday nonushta qilish kerak?

Yozda qanday nonushta qilish kerak?

O'qildi: 370


Yozda qanday nonushta qilish kerak?

Ovqatlanish va iste’mol mahsulotlari mavsumga qarab farqli bo‘lishi mumkin. Yozda nonushtaga nima iste’mol qilish kerak?Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Foto: Cosmopolitan

1. Mevalar A, C, kaliy, fosfor va boshqa bir qancha vitaminlar koni bo‘lgani bilan kunlik mikroelementlarning barchasi bilan ta’minlay olmaydi. Shu sabab ham kalsiy va oqsilni boshqa mahsulotlardan qabul qilish tavsiya qilinadi.

Oqsil — hujayralar tashkil topishida ahamiyatli hisoblanadi. Quyidagi mahsulotlar esa oqsilning koni hisoblanadi: sut mahsulotlari va tuxum hayvon oqsiliga, yong‘oqlar, don va urug‘lar esa o‘simlik oqsilining manbasidir.

Oqsilga boy va mazali nonushta tayyorlash uchun, suli yormasi va rezavorlarni aralashtirib, yong‘oq qo‘shish yoki kruassan va olmali sharbat ichish tavsiya qilinadi.

Tvorog va bodom qo‘shib tayyorlanadigan “zapekanka”, asal va greypfrutli sharbat ham a’lo variant.

Kalsiy

Kalsiy nafaqat suyaklarni mustahkamlash, balki yallig‘lanish hamda allergiyaga qarshi samarali hisoblanadi. Kalsiyga boy nonushta tayyorlash uchun, pishloq, yong‘oq, tvorogdan foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, tvorog va ko‘katlarni qo‘shib tost tayyorlash va greypfrutli sharbat iste’mol qilish yoki mak qo‘shib pishirilgan keks va sitrusli sharbat bilan nonushta qilishingiz mumkin.

2. Og‘ir va yog‘li bo‘lmagan mahsulotlarni foydali tabiiy mahsulotlar bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Masalan, kolbasa orniga‘​ tovuq filesi, qovurilgan tuxum o‘rniga sabzavotlar qo‘shib omlet tayyorlash mumkin. Shuningdek, sitrusli sharbatlar xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam berishini unutmagan holda, tongda apelsin yoki greypfrutli sharbat ichish tavsiya qilinadi.

Foto: Cosmopolitan

3. Nonushta ratsioningizdan teri salomatligi uchun muhim bo‘lgan bug‘​doydan tayyorlangan non va rezavorlar o‘rin olishi kerak.

Foto: Cosmopolitan

4. Issiq mamlakatlarning taomnomasidan ilhomlaning. Masalan, Ispaniyada qizdirilgan nonga sarimsoq surtib, pomidor va zaytun qo‘shib iste’mol qilish odatiy nonushta hisoblanadi. Ichimlik sifatida esa ispanlar apelsin sharbati yoki qahva ichishni afzal biladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.