Mikrob siz o‘ylagandan ham ko‘p bo‘lgan 8 buyum va ularni zararsizlantirish usullari
Telefon, klaviatura, tish cho‘tkasi va zargarlik buyumlari va siz o‘ylagandan ham ko‘p bo‘lgan mikrob bo‘lgan boshqa buyumlarni qanday zararlantirish kerak?Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Foto: Getty ImagesSumka
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan ayollar sumkasining mikrobilogik tekshiruv natijasiga ko‘ra, 90 foiz sumkalarning kvadrat santimetrida, tualet unitazi hoshiyasidagidan olti marta ko‘p bo‘lgan turli-tuman bakteriyalar aniqlangan. Shu bois sumka ichini tez-tez tozalab turish, keraksiz narsalar, eski qog‘oz va detallarni tashlab yuborish kerak. Charm sumkalarni maxsus tozalash vositalari bilan tozalang va vaqti-vaqti bilan takrorlab turing.
Hamyon
Tan olish istalmagan, ammo hech kim uchun sir bo‘lmagan fakt — ayollar hamyoni erkaklarnikidan tartibsizroq bo‘ladi. Bunga ayol va qizlarning har yerga hamyonni o‘zlari bilan birga olib borishi va turli joyga qo‘yib, keyin bo‘lsa, qayta sumkaga solishi sabab. Charm hamyonni ham sumka singari maxsus vositada tozalang, boshqa mato bo‘lsa, yorlig‘ida ko‘rsatilgan tozalash qo‘llanmasiga amal qiling.
Sport sumkasi
Siz go‘zal, energiyaga to‘la, sog‘lom bo‘lishingiz, sport zalga borishni kanda qilmasligingiz mumkin, lekin bu sizning sport sumkangizning ahvoli ham shunday mukammalligini bildirmaydi. Chunki sport sumkasi bakteriyalarning koni bo‘lishi mumkin. O‘tkazilgan tadqiqotda bunday sumkalarning uchdan biri kasallik keltirib chiqaradigan ichak tayoqchalarining tashuvchisi ekani aniqlangan. Sumkani tozalashdan avval uning yorlig‘ini o‘qing va qanday rejimda yuvish kerakligini bilib oling. Yuving, quriting va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan zararsizlantiring.
Qo‘l telefoni
Kundalik buyumlar orasida eng kir va mikrobga to‘la bu siz ayrilmaydigan qo‘l telefoni ekanidan xabaringiz bormi?Telefon yuzasidagi bakteriyalar, unitaz hoshiyasidagidan 160 marta ko‘pligini-chi?Qo‘pol qilib aytganda, telefoningiz, jamoat tualeti eshik tutqichi va unitazidagidan ham kirroq bo‘ladi. Uni tozalash uchun spirt sepilgan salfetka bilan korpus va ekranni yaxshilab arting. Kamera obyektivi, hoshiyasini tozalashni ham unutmang.
Makiyaj qilish uchun mo‘ljallangan cho‘tka
Cho‘tkaga terining o‘lik hujayralari, bakteriya, kosmetika qoldiqlari va changlar yopishadi. Ularning qanday saqlanishi ham tozalik holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Cho‘tka yerga tushib ketsa, bir marta qoqib, joyiga qo‘yib qo‘yadigan bo‘lsangiz, bilib qo‘yganingiz yaxshi — polga buyum tushganidan 0,75 soniya vaqt o‘tib, unga bakteriya yopishadi. Shu bois cho‘tkalarni muntazam ravishda yuvish, quritish va dezinfeksiya qilish kerak.
Tish yuvish cho‘tkasi
Bakteriyalar namlikni yaxshi ko‘radi, bu degani tish yuvish cho‘tkalari ham bakteriya va mikroblarning koni bo‘lishi mumkin. Shu sabab ushbu vositani har ikki oyda almashtirib turish, germetik idishda saqlash tavsiya qilinadi.
Zargarlik buyumlari
Zargarlik buyumlari, ayniqsa har kuni taqiladigan taqinchoqlar hamma narsa shu bilan birga bakteriyalar bilan ham kontaktga kirishadi. Ularni maxsus vositalar bilan tozalab turish kerak. Agar sizning sohangiz tibbiyot yoki oziq-ovqat bilan bog‘liq bo‘lsa, iloji boricha taqinchoqlarni ishga taqmang.
Klaviatura
Klaviatura ustida ovqatlanish odati sizga begona bo‘lgani bilan, undan foydalanish davomida nafas olasiz, aksirasiz. Qo‘lingizda turli mikrob bo‘lishi va u klaviaturaga o‘tishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Klaviaturani spirtli salfetka yoki yumshoq matoga dezinfeksiya vositasini sepgan holda tozalang va mikroblardan xoli eting.
Manba