Salomatlik Ayollar uchun Nima uchun muzlatkichga issiq taom qo‘yish mumkin emas?

Nima uchun muzlatkichga issiq taom qo‘yish mumkin emas?

O'qildi: 367


Nima uchun muzlatkichga issiq taom qo‘yish mumkin emas?

Muzlatkichga issiq taom qo‘yilganda unda o‘zgarish bo‘lishi undagi mexanizm qanday ekanligi bilan bog‘liq.

Foto: Depositphotos

Agar No frost funksiyasi bilan ta’minlangan bo‘lsa, unda namlik ventilyatsion sistema yordamida chiqarib yuboriladi, harorat qanchaligi esa datchikda aks etadi. Agar haroratning belgilangandan yuqori ekani aniqlansa, kompressor ko‘rsatkichdagi haroratga muvofiq ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bunday muzlatkichga issiq taom yoki yegulik qo‘yilganda esa ventilyator ham kompressor ham harorat va namlikka qaramay ishlay oladi. Agar muzlatkich Direct cool, ya’ni muzlatishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, unda ventilyator orqa tomonga o‘rnatilgan bo‘ladi va namlik bilan kurasha olmaydi. Issiq taom qo‘yilganda sistema zo‘r berib ishlaydi va issiqlik to‘g‘ri kelmaganidan muzlatkich ichida muzli “sumalak”lar paydo bo‘la boshlaydi. Oqibatda muzlatkichdagi muzni eritishga to‘g‘ri keladi.

Issiq narsaning muzlatkichga qo‘yilishi nafaqat ventilyator va kompressor, balki elektr energiyani ko‘proq sarflanishi va ehtiyot qismlarning erta ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Turli harorat sabab shisha polkalar yorilishi, plastik polkalar esa erishi mumkin.

Bundan tashqari, muzlatkich eshigiga o‘rnatilgan rezinalarda deformatsiya kuzatilishi bu esa muzlatkich ichidagi sovuq haroratning tashqariga chiqib ketishi va yaxshi muzlatmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Maromida bo‘lmagan harorat muzlatkich ichidagi idishlarda ham o‘z aksini ko‘rsatadi, ularda yoriq paydo bo‘lishi yoki darz ketishi mumkin. Agar muzlatkichingizning Hot box funksiyasi bo‘lsagina unga issiq taomlarni qo‘yishishingiz mumkin, boshqa hollarda esa tavsiya qilinmaydi. Bunday modeldagi muzlatkich issiq taomni sovitishi mumkin, lekin aksariyat muzlatkichlar mahsulot va yeguliklarni barra holda saqlashga mo‘ljallangan.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.