Salomatlik Ayollar uchun Uyda tayyorlagan pitssangiz haqiqiy italyancha bo‘lishi uchun 5 tavsiya

Uyda tayyorlagan pitssangiz haqiqiy italyancha bo‘lishi uchun 5 tavsiya

O'qildi: 384


Uyda tayyorlagan pitssangiz haqiqiy italyancha bo‘lishi uchun 5 tavsiya

Har bir bekajon uy sharoitida italyan restoranidagi kabi pitssa tayyorlashni istasa kerak. Aslida ularning siri xamir retsepti yoki mahsulotlarda emas. Buning uchun bor-yo‘g‘i bir nechta qoidalarga amal qilish talab etiladi.

Yuqori haroratda pishirish

Foto: “Food.noteru.com”

Ko‘pchilik pitssani 40 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishirish kerak, deb o‘ylaydi. Afsuski, bu bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. O‘rtacha haroratda mahsulotlar ta’m va hidini yo‘qotadi. Buning oldini olish uchun eng yuqori harorat tanlanib, pitssa 15-20 daqiqada pishirib olinadi.

Pitssa xamirini qo‘l bilan yoyish

Foto: “Food.noteru.com”

Gap shundaki, xamir nafas olishi kerak. Uni jo‘va yordamida yoyganda xamir tekislanib, zichlashadi. Natijada pitssa xamiri qattiq bo‘lib pishadi. Buning uchun xamir kerakli shaklga kelguniga qadar qo‘llar yordamida asta-sekin yoyish tavsiya etiladi. Shundan so‘ng uning ustini kerakli mahsulotlar bilan bezatish mumkin.

Kamroq nachinka qo‘shish

Foto: “Food.noteru.com”

Odatda muzlatkichda bor mahsulotdan nachinka sifatida foydalaniladi. Birinchidan, nachinka ostida qolgan xamir yaqqol sezilishi kerak. Ikkinchidan, agar nachinka me’yoridan ortiq bo‘lsa, uning og‘irligi tufayli xamir pishish jarayonida ko‘tarila olmaydi. Natijada pitssa xamiri yana qattiq bo‘lib pishadi.

Motsarella pishlog‘i va rayhon

Foto: “Food.noteru.com”

Ushbu kombinatsiya har qanday pitssani chindan ham italyanchaga aylantiradi. Rayhon yegulikka o‘zgacha xushbo‘y hid bersa, motsarella pishlog‘i esa erib, yopishqoqligi darajasi bilan kutilgan maza va natijani berishi shubhasiz.

Tabiiy pomidor sousi

Foto: “Food.noteru.com”

Italyancha pitssa tayyorlashni istaganlar mayonez va ketchup kabi souslardan foydalanishi qat’iyan man etiladi. Bu yegulik ta’mini buzadi. Eng maqbul sous sifatida faqatgina zaytun moyi va tuz qo‘shilgan pomidor sousidan foydalanish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.