Salomatlik Goʼzallik Qanday qilib tug‘uruq ta’tilida chiroyli ko‘rinish mumkin? Stilist maslahatlari

Qanday qilib tug‘uruq ta’tilida chiroyli ko‘rinish mumkin? Stilist maslahatlari

O'qildi: 268


Qanday qilib tug‘uruq ta’tilida chiroyli ko‘rinish mumkin? Stilist maslahatlari

Onalar ko‘pincha tug‘uruq ta’tili vaqtida o‘zini noqulay his qiladi — odatdagi kiyimlar joniga tegadi, yangi kiyimlar olishga kuchi ham, vaqti ham bo‘lmaydi.

Foto: “Woman.ru”

Tashvishlanmang, biz taniqli stilistlar bilan birga sizga asosiy liboslarni tanlashda yordam beramiz!

Xo‘sh, har doim didli va muvofiq ko‘rinish uchun har bir onaga nimalar zarur bo‘ladi?

Futbolka

Oddiy sidirg‘a rangdagi — oq/qora/kulrang/och jigarrang/yo‘l-yo‘l va yozuvli yoki rasmli ham bo‘lishi mumkin.

Jemper

Garderobingizdagi boshqa kiyimlarga mos tushadigan ranglarni tanlang. V-shaklda yoki yumaloq o‘yilgan, bichimi to‘g‘ri, tanaga yopishib turmaydigan.

Vodolazka

Uning o‘zini alohida, rubashka yoki jemperning tagidan kiyish mumkin.

Rubashka

Erkakcha uslubdagi bir nechta rubashka sizga xalal bermasligi aniq. Ular yubkalar bilan ham, shimlar bilan ham va jinsilar bilan ham juda mos tushadi.

Pidjak

Erkakcha uslubdagi to‘g‘ri bichimli pidjaklarni tanlang. Uni jinsilar, ko‘ylaklar va yubkalar bilan kiyish mumkin.

Casual(kundalik uslubdagi)yubka

Variantlar: jinsi yubka, yubka-qalam, qalin trikotajdan to‘g‘ri bichimdagi yubka, qattiq gazlamadan yubka-trapetsiya, yubka-plisse.

Jinsi

Tarzi va bichimini ta’bingizga qarab tanlang. Lekin asosiy qoidani unutmang: agar oyoqlarni uzaytirish kerak bo‘lsa – bel qismi yuqoriroqda bo‘lgan modellarni, tanani uzaytirish kerak bo‘lsa – bel qismi pastroqda bo‘lgan modellarni tanlang.

Ko‘ylak

Ko‘ylak-rubashka, denimdan tikilgan ko‘ylak, to‘g‘ri bichimli ko‘ylak. Tanaga yopishib turuvchi ko‘ylaklarni tanlamaymiz, chunki birinchidan — bu noqulay, ikkinchidan — hozir bunday ko‘ylaklar urfda emas.

Trikotaj ko‘ylak

Bunday ko‘ylaklar 2017—2018-yillar trendi hisoblanadi, ularni nafaqat tug‘uruq ta’tilidagi onalarga, balki hamma qizlarga ham tavsiya qilamiz.

Oyoq kiyimi

Krossovkalar, chelsi, loferlar, qo‘pol botinkalar — hammasini kiyish mumkin!Asosiysi, baletkalar sotib olmang!Ular allaqachon urfdan chiqqan.

Manba: “Woman.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.