Go‘zallik salonlaridagi yuzni tozalash muolajalari bo‘yicha to‘liq qo‘llanma va teri turlari bo‘yicha tavsiyalar
Chiroyli ko‘rinish qora dog‘lar va husnbuzarlarsiz toza yuzdan boshlanadi. Quyidagi professional jarayonlar esa shunday natijaga erishishga yordam beradi.
Foto: “dedale.ru”Har kungi stress, nosog‘lom ovqatlanish, atrof-muhit omillarining salbiy ta’siri, havodagi chang, toksinlar, pardoz qoldiqlari teri sekretsiyasi bilan aralashib, teshiklarni asta-sekin to‘sib qo‘yadi. Bu esa yuz rangining xiralashuvi va erta qarishiga olib keladi. Yuzni muntazam to‘g‘ri tozalash terining yorqinligini tiklash va go‘zallikka yangidan qaytishga yordam beradi. Zamonaviy kosmetologiya terining turiga va bemorning ehtiyojlariga qarab, yuz tozalovchi vositalarni tanlashga imkon beradi. Yuz tozalash muolajasini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- Mexanik;
- Qurilma yordamida(ultratovush, vakuum, qurilma texnikasi yordamida);
- Kimyoviy.
Ushbu muolaja yog‘li teri, husbuzar va teri teshiklari tiqilib qolgan mijozlarda qo‘llaniladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu muolajada shikast yetishi ehtimoli ko‘proq. Ko‘pgina mutaxassislar bu usulni allaqachon eskirgan, deb biladi. Sababi bugungi kunda kamroq shikast yetkazadigan hamda reabilitatsiya uchun ko‘p vaqt talab etmaydigan tozalash turlari mavjud.
Qurilma yordamida tozalash
Qurilma yordamida tozalashning bir qancha variantlari mavjud:
Ultratovushli tozalash
Maxsus qurilma yordamida kosmetolog terining muammoli joylarida yuqori chastotali tovush to‘lqini bilan harakat qiladi. U chang, yog‘li tiqinlar, kosmetik vositalarning qoldiqlarini teshiklardan chiqarib yuboradi. Shuningdek, o‘lik hujayralarni ham olib tashlaydi. U bilan birga amalga oshiriladigan mikromassaj teri to‘qimlarida qon aylanishini yaxshilaydi. Ammo buning o‘ziga yarasha kamchiligi shundaki, chuqur qora teshiklar tozalanmay qolib ketish ehtimoli mavjud. Ijobiy tomoni − shikast yetkazmaydi va reabilitatsiya talab etilmaydi.
Foto: Marie ClaireVakuumli tozalash
Ushbu jarayon xuddi changyutgich kabi teridagi kirlarni chiqarib tashlaydi. Vakuumli tozalash yumshoq va og‘riqsiz kechadi. Terida tirnalish holatlari kuzatilmaydi. Ushbu jarayon hujayralarni kislorod bilan ta’minlaydi va teri holatini yaxshilaydi. Ammo yallig‘langan husnbuzar, quruq sezuvchan teri, dermatoz va tomirlarning kengayishi kuzatilgan holatlarda qo‘llash mumkin emas.
Karbonli piling
Karbonli piling zararlangan qatlamni olish, terini silliqlash, sog‘lom terini tiklash va yuzdagi dog‘larni yo‘q qilishga yordam beradi. Qo‘shimcha ravishda korbon plyonkasi yallig‘lanish va mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Lazer ta’sirida teridagi patogen muhit yo‘q qilinadi. Karbon piling og‘riqsiz muolaja bo‘lib, biroz ko‘proq vaqt talab etadi.
Foto: Marie ClaireKimyoviy tozalash
Bu kimyoviy tarkib yordamida o‘lik teri hujayralarini yo‘q qilishni o‘z ichiga olgan kometik muolajadir. Jarayondan so‘ng teri silliq va tekis bo‘ladi, yuzning avvalgi ko‘rinishiga nisbatan holati yaxshilanadi. Ushbu jarayonni to‘g‘ri o‘tishida shifokor tajribasi ham muhim rol o‘ynaydi. Shundagina muolajadan keyin yuz terisi turli xil asoratlar bilan azoblanmaslik mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, teri go‘zalligi, avvalo, ichkaridan boshlanadi. Shuning uchun birinchi navbatda ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga e’tibor berish kerak. Keyingina uy sharoitida to‘g‘ri parvarish va kosmetik vositalardan foydalanish ham yaxshi natijani ko‘rsatadi.
Manba