Salomatlik Ayollar uchun Kiyim yordamida qanday qilib xipchabel ko‘rinish mumkin? Sinalgan 7 usul (foto)

Kiyim yordamida qanday qilib xipchabel ko‘rinish mumkin? Sinalgan 7 usul (foto)

O'qildi: 265


Kiyim yordamida qanday qilib xipchabel ko‘rinish mumkin? Sinalgan 7 usul (foto)

Tabiiyki, hamma ayollar ham nozik bel egasi emas. Shunisi yaxshiki, qomatni vizual tarzda ixchamlashtiradigan usullar mavjud. Faqat buning uchun qanday liboslarni uyg‘unlashtirgan holda kiyishni bilish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Hech narsa ayol kishining qomatini bir-biriga o‘tkazilgan ko‘ylak kabi bezamaydi. Ushbu usul har qanday qomatga ega bo‘lgan va belni alohida ta’kidlashni istaganlar uchun mukammal yechimdir. O‘ralgan ko‘ylak qomatni ixchamlashtirib, bo‘yinni yanada uzunroq ko‘rsatganligi tufayli ham ajoyib nisbat hosil qiladi.

Foto: Cosmopolitan

Qisqartirilgan kostyumlar bel chizig‘ini aniqlab beradi, ushbu qismni beldan tushgan yubka yoki shim bilan moslashtirish mumkin. Masalan, bu mavsumda ham shunday kostyumlar urfda, uni, albatta, qalam yoki banan bichimidagi yubka bilan, shuningdek, klassik uslubdagi shim bilan uyg‘unlashtirish tavsiya etiladi.

Foto: Cosmopolitan

Ushbu bichimdagi yubkalar oyoqning son qismini yashiradi va belni ingichka qilib ko‘rsatadi. Odatda belga mahkam o‘rnashgan modellarni belbog‘ bilan to‘ldirish mumkin. Bu kabi yubkalarga yelka qismi hajmdor yoki yopishib turuvchi kofta va sviterlar juda mos keladi.

Foto: Cosmopolitan

Tanlangan aksessuar nafaqat belni ta’kidlashi, balki kiyimga ham mos kelishi kerak. Odatda moda ixlosmandlari kostyum, palto, kardigan yoki ko‘ylaklarning matosi bilan bir xil belbog‘ taqishni xush ko‘radi. Ushbu uslub ham e’tiborni tortmagan holda qomat go‘zalligini saqlab qoladi.

Foto: Cosmopolitan

Mukammal qomat yaratish uchun biroz qalinroq matodagi liboslarning bel qismi tor qilib tikilganini tanlash kerak. Ular boshqa liboslardan farqli o‘laroq belni ingichka qilib ko‘rsatadi.

Foto: Cosmopolitan

Ayrim hollarda libos bichimidan tashqari uning rangi yoki naqshi ham qomatga ortiqcha raqam qo‘shishi mumkin. Shuning uchun libos tanlaganda, har qaysi jihat inobatga olinishi kerak. Vertikal va diagonal chiziqlar qomatni yanada ozg‘in, bo‘yni esa uzun qilib ko‘rsatadi. Ammo gorizontal va katta naqshli liboslardan iloji boricha qochish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Bir-biriga qarama-qarshi liboslarning tutashuv nuqtasida ham bel ingichka ko‘rinishda bo‘ladi. Ta’sirni kuchaytirish uchun bel qismi yuqori bo‘lgan shim tanlash zarur. Bu faqat belni ingichka qilibgina qolmay, oyoqlarni ham uzunroq ko‘rsatadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.