Parhez va sportsiz qanday ozish mumkin? Britaniyalik mutaxassislardan 12 ta maslahat
O'qildi: 340
Noto‘g‘ri ovqatlanishdan charchagan hamda muntazam ravishda sport zaliga borishga vaqti bo‘lmaganlar uchun Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy ximzati mutaxassislari ozish uchun yana bir ajoyib usul topdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, usul 12 qoidadan iborat bo‘lib, unga rioya qilish orqali har kim o‘zi orzu qilgan vaznga erishishi mumkin. Shifokorlarning tavsiyalariga amal qilish osonroqmi yoki sport va parhez kombinatsiyasidan foydalanish yaxshiroqmi, degan savolga quyidagi oddiygina maslahatlar ketma-ketligi bilan tanishib chiqib javob berish mumkin.
Foto: Family MagazineParhez va sportsiz ozish qoidalari
- Kunni ertalab toza havoda 10 daqiqa yurishdan boshlash muhim.
- Kundalik yumushlar bilan parallel ravishda oddiy jismoniy mashqlar bajarish mumkin. Masalan, televizor tomosha qilish yoki tish yuvish vaqtida turli xil jismoniy mashqlarni bajarish kerak.
- Tushlikdan keyin qahva ichish tavsiya etilmaydi. Bu uyqu sifatini yaxshilaydi.
- Sharbat va boshqa shakarli ichimliklarni suv hamda choy bilan almashtirish kerak.
- Spirtli ichimliklar iste’molini cheklash zarur.
- Kun davomida yengil yegulik tanovul qilish o‘rniga to‘yimli va foydali ovqatlarni iste’mol qilish zarur.
- Shirinliklardan voz kechish imkonsiz bo‘lsa, sutli shokolad o‘rniga 70 foizli qora shokolad tavsiya etiladi.
- Ratsionni yanada foydali qilish uchun har hafta yangi sabzavotlar tanovul qilish kerak.
- Xarid uchun ro‘yxat bilan borish juda muhim. Aks holda savdo rastalaridagi zararli hamda yuqori kaloriyaga boy mahsulotlar solib olish holatlari kuzatilishi mumkin.
- Uzoq masofaga sayr qilish haftada kamida ikki marotaba amalga oshirilishi kerak.
- Ovqatlanishdan tashqari ijobiy his-tuyg‘ularni bag‘ishlaydigan faoliyat bilan shug‘ullanish lozim.
- Ovqatlanish borasida hech narsadan tiyilish shart emas. Masalan, bir bo‘lak shirinlik iste’mol qilish kerak bo‘lsa, albatta, uni yeyish mumkin.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.