Kir yuvish mashinasi ishdan chiqayotganini bildiruvchi belgilar
Ko‘pchilik uchun kir yuvish mashinasi uydagi eng muhim texnikalardan biridir. Bordiyu, u ishdan chiqqudek bo‘lsa, yumushlar yanada ko‘proq vaqt talab etishi tabiiy. Masalaning bunday tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ushbu “yordamchi”ning oldindan berayotgan belgilariga e’tiborli bo‘lish kifoya.
Foto: “Domashniy ochag”Mashina baland ovoz bilan ishlasa
Agar baraban unga biror narsa bor kuchi bilan urilayotgandek ovoz chiqarsa, demak, texnikada nimadir nosoz ishlamoqda. Bu balki faqatgina barabanning o‘zi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu kabi vaziyatda mashinani zudlik bilan mutaxassisga ko‘rsatish zarur.
Mashina juda ko‘p yoki oz suv ishlatsa
Mashina ishlatilganidan so‘ng suv qolishi kerakmi?Yoki juda oz suv quyilgandek tuyiladimi?Aslida bu belgi yaxshi emas. Agar texnika dasturi ishlamay qolsa, ortiqcha suyuqlik barabanda to‘xtab qoladi, so‘ngra yoqimsiz hid chiqa boshlaydi. Yetarli suv bo‘lmaganida esa yuvish sifati pasayadi.
Kiyimlar yaxshi yuvilmasa
Agar mashina kiyimlarni yaxshi yuvmasa, darhol uni ustasiga ko‘rsatish zarur. Ushbu muammoni e’tiborsiz qoldirish, “yordamchi”dan butunlay ayrilib qolishga olib kelishi ham mumkin. Shuning uchun muammo kichkinaligidayoq bataraf etilgan yaxshi.
Komunnal to‘lovlar to‘satdan oshsa
Agar to‘lovlar ko‘payishining sababi texnika bo‘lsa, unda nimadir noto‘g‘ri ishlayapti. Buni vaqtida tuzatish va qimmatga tushmaslikning oldini olish zarur.
Mashinaga ortiqcha yuk yuklansa
Kir yuvish mashinasi ishlab chiqarilganda, unga yukning maksimal darajasi belgilanadi. Ushbu ko‘rsatkichga bee’tibor holda yuk miqdori oshirilsa, uskunaning ishlash muddati qisqarishi mumkin. So‘ngra bir necha yilga berilgan kafolatdan umid qilinmasa ham bo‘ladi.
Kir yuvish kukuni ko‘p ishlatilsa
Uskunaning vaqtidan oldin buzilishining yana bir keng tarqalgan sababi — bu juda ko‘p miqdorda kir yuvish kukunini ishlatishdir. Shunda kirlar yaxshiroq yuviladi, deyish noto‘g‘ri fikr. Ammo miqdorni oshirish jarayonga hech qanday ta’sir qilmaydi, shunchaki kir yuvish vaqtini o‘z-o‘zidan uzaytiradi.
Barabandan noxush hid kelsa
Kir yuvish mashinalarida mog‘or va noxush hid kelish ko‘p hollarda kuzatiladi. Noxush hid paydo bo‘lishining oldini olish uchun mashina quritilishi va ishlatilganidan so‘ng eshigi ochiq holda saqlanishi kerak. Shuningdek, oyiga bir marotaba issiq va xlorli suv bilan tozalash tavsiya etiladi. Agar barchasi aytilganidek bajarilganda ham yoqimsiz hid tark etmasa, u holda texnika ustalariga murojaat qilgan ma’qul.
Mashina uzoq yillar ishlagan bo‘lsa
Hech qanday narsa abadiy emas, shuningdek, maishiy texnika ham. Ko‘pgina kir yuvish mashinalari uzluksiz 8—11 yil ishlashga qodir. Ammo qurilma eskirgan bo‘lsa, u bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Eskirgan uskunlarni ta’mirlash yaxshimi yoki uning puliga yangisini sotib olish haqida ham o‘ylab ko‘rish kerak.
Manba