Kir yuvish mashinasi o‘rniga muzlatkichdan foydalanish mumkin bo‘lgan 9 vaziyat
Kun davomida kir yuvadigan mashinani tinimsiz ishlatmasdan vaqt-vaqti bilan dam berib turishingizga hissa qo‘shadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Kollaj: “Domashniy ochag” / “Daryo”Sviter tolalari to‘kilmasligi uchun
Sviter tolalari to‘kilishiga nuqta qo‘yish uchun uni paket ichiga solib, muzlatkich ichiga qo‘ying. Ushbu usul, ayniqsa, jun va kashemir matosidan tikilgan kiyimlarda yaxshi samara beradi.
Jinsini tozalash
Jinsi har gal yuvilganidan keyin rangi o‘chadigan bo‘lsa, uni kamroq yuvish, buning o‘rniga muzlatkichga qo‘yish kerak. Sovuq haroratda yomon hid taralishiga sabab bo‘ladigan bakteriyalar o‘ladi va shilvirab qolgan mato o‘ziga keladi.
Poyabzalni kengaytirish uchun
Ichi sovuq suv bilan to‘ldirilgan paketni poyabzal ichiga soling va uni muzlatkichga qo‘ying. Suyuqlik muzga aylangani hisobiga oyoq kiyimni kengayishiga hissa qo‘shadi.
Saqichdan qolgan izni bartaraf qilish uchun
Libos yoki matoga yopishgan saqichni bartaraf qolish uchun muz bo‘laklaridan foydalaning yoki kiyimni muzlatkich ichiga qo‘ying. Sovuq haroratda qotgan saqichni ko‘chirish oson bo‘ladi.
Oyoq kiyim tagligi
Xuddi saqich bilan bo‘lgan holat singari poyabzalning tagiga nimadir yopishib qolgan bo‘lsa, muzlatkichga qo‘yish yaxshi samara beradi.
Kolgotka uzoq xizmat qilsin desangiz
Kapron kolgotka tez sitilmasligi uchun uni kiyishdan avval muzdek suvda oqizing va muzlatkichga qo‘yib qo‘ying. Ertasi kuni xona haroratida quriting, shundan keyin uzoq xizmat qilishi aniq.
Poyabzal hidini ketkazish uchun
Kechasi muzlatkichga qo‘ygan poyabzalni ertasi kuni kiysangiz, hech qanday hid taralmayotganiga amin bo‘lasiz.
Kuyalarni yo‘q qilish
Kiyimlarga kuya tushmasligi uchun ularni 24 soatga muzlatkichda qoldiring.
Choyshablarni yangilash
Choyshab va yostiq jildini yangilash yuvishdan tashqari muzlatkichning kamerasiga qo‘yish ham yaxshi samara beradi. Sovuq harorat bakteriyalarning yo‘q bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Manba