Bolalarga xos depressiya: Har bir ota-ona bilishi kerak bo‘lgan 8 xavfli simptom
Depressiyadan nafaqat kattalar, balki bolalar ham aziyat chekishi mumkin. Stress, hayotidagi keskin o‘zgarishlar, qadrli deb bilgan yaqinlaridan ayrilish va organizmdagi gormonal o‘zgarishlar unga depressiyada darak berishi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”O‘qishining yomonlashishi
Bolaning baholari hech qachon o‘zidan-o‘zi pasayib qolmaydi, buning hamisha qandaydir muhim sabab bo‘ladi. Bunga sinfdoshlar va o‘qituvchilar bilan mojarolar, uyda e’tiborning yetishmasligi, qiyinchiliklar va mavzularni o‘zlashtirish – bularning bari sabab bo‘lishi mumkin. Qolaversa, o‘qishga yetarlicha kuch va motivatsiya topa olmaslik bilan bog‘liq depressiya ham baholarning yomonlashishiga ta’sir qilishi mumkin.
Ko‘p uxlash
Depressiya vaqtida uyqu sifati buziladi va tunda nafaqat organizm, balki miya ham dam olishga ulgurmaydi. Oqibatda uyqu uchun ko‘proq vaqt ketadi va shunda ham energiya yetmaydi. Depressiyadan aziyat chekadigan bola va o‘smirlarda kundugi uxlash kuzatiladi. Qolaversa, tongda uyg‘onishga qiynaladi va ko‘proq uxlash uchun ertalabki darslarni o‘tkazib yuboradi.
Kam muloqot qilish
Depressiyada odamlar ko‘proq, o‘zini-o‘zi yakkalashga harakat qiladi. Muloqot va suhbatlashish uchun o‘zi shundoq ham yetishmayotgan energiya ko‘p talab qilinadi. Bolangiz do‘stlarining taklifini inkor qilsa, sezilarli darajada kam muloqot qiladigan bo‘lib qolsa bunga e’tibor bering va kerak bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qiling.
O‘yin-kulgidan voz kechish
Bolaning na bog‘ga, na kino va bayramlarga nafaqat siz, nafaqat do‘stlari bilan ham borgisi kelmay qolishi mumkin. Bu juda ham xavotirli simptom sanaladi: me’yorda o‘yin-kulgi odamga kuch va energiya beradi, tinchlanish, dam olish hamda tetiklashishga yordam beradi. Ammo depressiyada istalgan harakat, hatto ijobiysi ham energiyaning haddan ortiq kamayishiga olib keladi. Shuning hisobiga odam hatto odatda xursand qiladigan narsalardan ham voz kechib, kuch tejashga harakat qiladi.
Tushkunlik
O‘smirlik oson bo‘lmagan davr hisoblanadi. Ammo gap depressiya haqida ketayotgan bo‘lsa, odamni hozirgi zamon, kelajak va hatto o‘tmish ham xursand qilmaydi. Energiya va quvonchni baxtli xotiralarga jamlash o‘rniga qayg‘u va g‘amga qo‘shimcha sabab deb biladi.
Odatdagidan ko‘proq yig‘laydi
Ko‘z yoshlar – negativ emotsiyalarni ifodalashning oddiy va samarali usuli. Ammo arzimas muvaffaqiyatsizlik va xafagarchiliklar ham yig‘iga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qilish kerak.
Taskin berishlarini xohlamasa
Odatda nimadir o‘xshamaganida odam yordam va taskindan bosh tortmaydi, ammo depressiya vaqti odam qo‘shimcha aybdorlik hissini tuyadi. Gap shundaki, bunday vaqtda kimdir taskin bersa ular yanada ko‘proq azob chekadi. Bola yoki o‘smir tasalli hamda yupatishni, shuningdek, dalda berishlarini istamasa beparvo bo‘lmaslik tavsiya qilinadi.
Ovqatlanish bilan bog‘liq odatlarning o‘zgarishi
Ishtahaning o‘zgarishi – bo‘g‘ilishi va ochilishi depressiyaga xos simptom bo‘lishi mumkin. Keskin va yetarli darajada kuchli o‘zgarish – eng asosiy alomat hisoblanadi. Agar u boshqa simptomlar bilan kechadigan bo‘lsa, mutaxassislarga murojaat qiling.
Manba