Salomatlik Ayollar uchun Mutaxassis maslahati: xonadondagi chumoli va suvarakdan qanday qutulish mumkin?

Mutaxassis maslahati: xonadondagi chumoli va suvarakdan qanday qutulish mumkin?

O'qildi: 314


Mutaxassis maslahati: xonadondagi chumoli va suvarakdan qanday qutulish mumkin?

Agar uyda suvarak, chumoli yoki boshqa zararkunandalar bo‘lsa, bu keskin choralar ko‘rishga arziydi. Mutaxassis – sanitariya shifokori, dezinfektolog Nikolay Dubinin bunday vaqtda qanday yo‘l tutish va nima qilish kerakligi haqida bir qancha tavsiyalar berib o‘tdi.

Foto: Wday

Yashash joyi

Odatda zararkunandalarning uyga kirib kelishining sababi bor. Agar chumolilar yo‘liga e’tibor berilsa, shirin ovqat to‘kilgan yoki sochilgan joy atrofida bo‘ladi. Namlik, chiqindilaring to‘planishidan keyin tez orada suvaraklar paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joizki, ba’zida “mehmon”lar toza kvartiralarga ham tashrif buyuradi. Buning sababi qo‘shnilar zararkunandalarga qarshi olib borgan kurashdir.

Hasharotlar aksariyati oziq-ovqat, don yoki un bilan birga kirishi mumkin. Bu, albatta, oziq-ovqatga tushadigan zararkunandaga tegishli. To‘g‘ri, ular mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash bilan ham paydo bo‘lishi mumkin. Yormalar oziq-ovqat kuyalari bilan kasallanganligini payqadingizmi?Qimmatli vaqtingizni saralash va tozalashga sarflamang, ularni tashlab yuboring, chunki hasharotlar mahsulotda zaharli moddalarni qoldiradi.

Qorong‘i, nam va iliq bo‘lgan hammom ko‘pincha qurt-qumursqa uchun qulay joyga aylanadi. Ularning sevimli dargohlari – suv oqadigan joylar, nam gilam ostida, hammom ostidagi kirish qiyin bo‘lgan kamdan-kam tozalanadigan hududlardir.

Ammo taxtakanalar uyga tasodifan, narsalar yoki eski mebellar bilan kirib kelishi mumkin. Chang to‘planadigan joylarda, shuningdek, matraslar, divan, kabi joylardan topilishi mumkin. Bu parazitlar bilan qo‘shni bo‘lish sog‘liq uchun xavflidir.

Kurash vositalari

Foto: Wday

Hasharotlarni yo‘q qilishning eng samarali usullaridan biri – uyni kimyoviy insektitsidlar bilan tozalashdir. Do‘kon javonlarida ular aerozollar ko‘rinishida taqdim etiladi. Bunday dorilarni faqat shaxsiy himoya vositalarida – respiratorda ishlatish joizdir. Xavfsiz variant – gel, granula va bo‘rlar. Ularni tuzoq-uylar bilan birgalikda ishlatish samaraliroq. Biroq bunday vositalar faqat ular bilan aloqa qilgan hasharotlarga ta’sir qiladi. Parazitlarni va ularning bo‘lajak avlodlarini to‘liq yo‘q qilishni insektitsid konsentratlar ta’minlaydi, lekin ularning yuqori toksikligi tufayli ehtiyot bo‘lish kerak.

Mutaxassislarga murojaat

Agar “kelgindilar” dan mustaqil ravishda qutulishning iloji bo‘lmasa, professional dezinfeksiyalash vositalariga murojaat qilish kerak. Maxsus kompaniyalardan yordam olish mumkin. Bunday tashkilotlarda har doim sanitariya shifokori bor va ular turar-joy binolarida foydalanish uchun tasdiqlangan dorilardan foydalanadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.