Garderob-velnes nima va eski kiyim-kechaklardan voz kechish qanchalik muhim?
“Garderob eshigini ochganda qanday tuyg‘ularni his qilasiz?Buni anglaymizmi yoki yo‘q, ammo kiyimlar turadigan shkafni ochar ekanmiz, hissiyotlarga yetarlicha boy bo‘lamiz. Bundan bir necha kun avval xarid qilingan nafis libosda hayajonni, to‘la ko‘rsatadigan djinsida g‘azab hissini tuyamiz. Marhum buvimiz to‘qib bergan sviter qayg‘uni, ancha pulga sotib olinib, yorlig‘i hali ham o‘zida turgan hashamatli palto aybdorlikni his qilishimizga sabab bo‘ladi. Turli hislarni tuyish uchun garderobni ochib nazar tashlashning o‘zi kifoya. Psixologiyaga ishqiboz bo‘lgan stilistlar wardrobe wellness konsepsiyasi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: Getty ImagesGarderob bu — kishi o‘zining nozikligini his qilish mumkin bo‘lgan joy, deydi mijozlariga ularning shkafi asosida hissiy muvozanatni baholash va noqulay his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradigan triggerlarni aniqlashga yordam beradigan garderob-velnes bo‘yicha mutaxassis Ennmari O‘Konnor. “Odatda garderob uyning eng yashirin xonasi — yotoqxonada joylashgan bo‘ladi va uning ichidagi narsalar ko‘plab xotiralarni yodga soladi”.
Garderob-velnes — uslub sanoatiga taalluqli yangi konsepsiya. Uning qoidalari yetarlicha oson, ammo “tozalash” natijasida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Deylik, bir ayolning kiyganida o‘zini go‘zal va sarvqomat his qiladigan ko‘ylagi osilib turgan bo‘lishi mumkin. U ajoyib kunlarning birida o‘sha hislarni takror tuyishga umid qiladi. Boshqa bir qiz garderobining eshiklarini ochib, o‘lchami to‘g‘ri kelmagani uchun kiya olmaydigan kiyimlar ko‘zga tashlanishi mumkin. Ammo u bir kun kelib ozishiga ishonadi. Ayrim narsalardan voz kecha olmasligimizga bir necha sabab bo‘lishi mumkin.
Foto: Marie ClaireMasalan, narsalarni saqlashimizga ularni yetarlicha kiymaganimiz uchun o‘zimizni aybdor his qilishimiz yo bo‘lmasa, tanamizdagi o‘zgarishlardan uyalishimiz mumkin.
Biz ota-onamiz, do‘stlarimiz yoki hayotimiz tubdan o‘zgarib ketishidan avval kim bo‘lganimizni esga soluvchi narsalarni saqlashimiz mumkin.
“Bu essensializm”, — deb nomlanadi deya ta’kidlaydi, “Moda psixologiyasi” kitobi muallifi professor Karolin Meyr. Obyektning mohiyati ayni vaqtda fiziologik xususiyatlari yoki vazifa emas, aynan aloqadorlik bilan bog‘liq. Obyekt kim yoki nima haqida eslatadi?Bu his-tuyg‘ularning butun majmuasi o‘ziga xos aloqani shakllantirganida sodir bo‘ladi. Bu hatto mayda detallar bilan ham yuz berishi mumkin. Kiyimlarda bu quyidagicha bo‘ladi — bluzka sizga onangizni eslatgani uchun uni saqlashni muhim deb bilasiz.
Klinik depressiyadan aziyat chekadigan kishilarni ularning ko‘rinishi qanday ekani qiziqtirmaydi. Ammo g‘am, o‘zini charchagandek, to‘la yoki qari his qilish garderobdagi kiyim-kechaklarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biz kiyadigan narsalar kimligimizni bildirishi, shuning uchun kiyim-kechak umid yoki umidsizlikning ramzi bo‘lishi mumkin. Mutaxassisning ta’kidlashicha, kiyimlar biz uchun nimani ramzi ekanini aniqlashtirishni o‘rganish muhim.
“O‘tmish yoki kelajak emas, hozir bilan yashash kerak. O‘tmishning ramzi bo‘lgani narsalar hozirni his qilishga xalaqit qiladi. Men salomatligida muammo bo‘lib, kiyim o‘lchami 8 dan 16 ga o‘zgargan ayol bilan ishlaganman. Tuzalganidan keyin 12 o‘lchamdagi libos kiya boshlagan, ammo eski o‘lchamdagi modellarni har ehtimolga qarshi olib qo‘ygan. Bu ayol uchun mudhish voqea bo‘lgan va kundalik muammoga aylangan. U kundalik kiyish uchun shunchaki libos tanlay olmagan. O‘zini yomon ko‘rish va hozirgi “men”ini bu tariqa jazolashning nima keragi bor?”, — deydi Ennmari O‘Konnor. Sizga to‘g‘ri kelmaydigan libosdan qutulish, ozish fikridan qaytganingizni bildirmaydi.
Qolaversa, bu sizni hayotingizni yengillashtiradi. Garderobni ochganda, unda bor istalgan libosni tanlashingiz mumkinligini aniq bilasiz. Shuningdek, o‘zingizni juda a’lo his qilasiz. Who What Wear saytining muharriri Xanna Almassining ta’kidlashicha, “emotsional separatsiya”(ajratish, tozalash)ni jismoniy harakat — ko‘zdan uzoqlashtirish, yurakdan chiqarib tashlashdan boshlash kerak. Ammo shu bilan birga u: “Men kiyimlarga nisbatan ta’sirchan munosabatdaman va mening garderobimda ular bisyor. Hech kimga o‘lchami to‘g‘ri kelmaydigan kiyim yoqmaydi, ammo men Aquascutum vintaj yubkam yoki 70-yillarga xos kombinezonim borligidan shunchaki xursandman. Bugun menga sig‘masa ham ular men uchun shaxsiy tariximning kichik bir parchasi”, — deb qo‘shimcha qiladi.
“Men uchun garderob-velnes — o‘zimni dadil, qat’iyatli va bugungi kunni qabul qilishga tayyor his qilish imkonini beruvchi tushuncha”, — deydi Almassi.
Professor Meyr muharrirning fikriga qo‘shiladi: kundalik kiyiladigan va esdalik sifatida saqlanadigan kiyimlar o‘rtasidagi farqni anglash muhim sanaladi. “Menda 20 yoshimda klublarga borganda kiygan bir yoki ikkita libosim bor. Men uchun ular o‘sha vaqtdagi baxtli onlarni esga soladi. Ammo hozir mening hayotim boshqa va o‘sha vaqtdan buyon ko‘p narsa o‘zgarganini tan olaman. U kiyimlar qutida, garderobdan uzoq joyda turadi hamda har kuni mening kayfiyatimga ta’sir qilmaydi. Ba’zida men ularni olib, tabassum bilan qanday bo‘lmag‘ur narsalarni kiyganman, deb o‘ylab qolaman”.
Manba