Salomatlik Ayollar uchun Namlantirilgan salfetka kir yuvish jarayonida qanday yordam beradi?

Namlantirilgan salfetka kir yuvish jarayonida qanday yordam beradi?

O'qildi: 297


Namlantirilgan salfetka kir yuvish jarayonida qanday yordam beradi?

Siz o‘ylamagan oddiy usul yordamida kiyimlar har doimgidan sifatliroq yuvilishi va qo‘shimcha ishlarga hojat qolmasligi mumkin.

Foto: Wday

Odatda kir yuvishdan avval kiyimlar oq, qora va rangliga ajratiladi. Shuningdek, qattiq, jun va nozik matolari ham mashina ichiga alohida solinadi. Aksariyat hollarda ayollar shuning o‘zi bilan cheklanadi. Tuzilishi, qalinligi va sifati turli choyshablar ko‘pincha birga yuviladi. Shuning hisobiga bir matoga hech nima qilmasa, boshqa birida “katishka”lar hosil bo‘lishi, chetlarining yirtilishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

Ba’zida uy bekalari xayoli joyida bo‘lmay, cho‘ntagida salfetka, chipta, dori va boshqa chiqindilar bo‘lgan kiyim-kechaklarni ham mashina ichiga solib yuboradi. Ularning parchalari sovunli aralashmaga tushib, kiyimga yopishib qoladi.

Kir yuvish mashinasining barabaniga solingan namlantirilgan salfetka esa kirlanishlardan himoya qiluvchi filtr bo‘lib xizmat qiladi. Mayda chang va kirlanishlarni o‘ziga to‘plagani sabab ham qo‘shimcha tozalashga hojat qolmaydi. Keyin esa salfetkani chiqindiga tashlab yuborish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo ushbu tavsiya ish berishi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish kerak bo‘ladi.

Salfetkani to‘g‘ri tanlash

Salfetka yetarlicha mustahkam bo‘lishi. Mashinalarning yuvish intensivligi turli, yuvish vositalarining tarkibi farqli ekani tufayli salfetkaning yetarlicha pishiq bo‘lishi muhim sanaladi. Sotuvda ko‘p bo‘lgani bilan yuvishga hammasi ham qo‘l kelavermasligi mumkin. Yetarlicha pishiq ekani sabab antibakterial variantga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.

Elastik bo‘lsin

O‘ramdan olgandan keyin salfetkani chetlaridan turli tomonga tortib ko‘ring. Elastik bo‘lgani yaxshi, ammo bir tomonga tortilishiga e’tibor qarating.

Hidsiz bo‘lishi

Hidi bo‘lmasligi yoki ifori neytral bo‘lishiga e’tibor qarating. Kiyimlarga o‘tib qolishi mumkinligi sabab o‘tkir iforli variantlarni tanlamang. Ushbu tavsiyalar matoli emas, namlantirilgan, gigiyenik salfetkalarga taalluqli.

Qanday foydalaniladi?

Kiyimlarni cho‘ntagini tekshiring, choyshablarni maxsus qop ichiga soling. Keyin namlantirilgan salfetka bilan birga kir yuvadigan mashina ichiga soling. Kir yuvish kukuni yoki konditsioner solib, mashinaning yoqing. Jarayon nihoyasiga yetganidan keyin ichidagi salfetkani olib tashlang. Undan qayta foydalanmang. Sifatli kir yuvishga nafaqat namlantirilgan salfetka, balki idish yuvadigan mashina uchun foydalaniladigan tabletkalar ham yaxshi yordam beradi. Aspirinning bir nechtasi oqartirish xususiyatiga ega. Muz bo‘lagi esa yuvish jarayonida paydo bo‘ladigan burmalarni tekislashga hissa qo‘shadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.