Salomatlik Ayollar uchun Yangi yil dasturxonidagi salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar

Yangi yil dasturxonidagi salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar

O'qildi: 316


Yangi yil dasturxonidagi salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar

Bayram dasturxonidan o‘rin oladigan mahsulotlardan qaysilari salomatlik bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Marie Claire

Marinadlangan mahsulotlar

Aksariyat hollarda marinad tarkibidan tuz, shakar, ziravor, sirka va vino singari komponentlar o‘rin oladi. Olivye salati, baliq ikrasidan tayyorlangan buterbrod va boshqalar bilan birgalikda marinadlangan mahsulotlar salomatlikka nafaqat ijobiy, balki salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bir tarafdan marinad hazm jarayonini jadallashtirsa, boshqa tomondan ishtahani ochadi va ortiqcha ovqatlanish xavfi avtomatik tarzda ko‘payadi. Tarkibida sirka bo‘lmagani sabab esa marinadlangan mahsulotlar o‘rniga tuzlangan mahsulotlar bilan dasturxonni bezash tavsiya qilinadi. Ammo shilliq qavatni zo‘riqtirib, qorinda diskomfort keltirib chiqarishi mumkinligi sabab ham tuzlangan mahsulotlarning iste’moli borasida me’yorni bilish tavsiya qilinadi.

Gazlangan ichimliklar

Bir litr gazlangan ichimlik tarkibida 100 gramm shakar bo‘lishi, uning energetik qiymati esa 400 kkalga teng ekanini bilarmidingiz?Organizmdagi kalsiyni chiqarib yuborish xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘yoqlar(krasitel), ta’m kuchaytirgich va ortofosfat kislotasi haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Shu sabab ham gazlangan ichimliklarni kompot va xushbo‘y ta’mga ega choylarga almashtirish tavsiya qilinadi.

Tarkibida mahsulotlar serob bo‘lgan va ustma-ust qilib taxlangan salatlar

Yangi yil dasturxonini olivye va mimoza salatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo ushbu mazali salatlar turli komponentlar qo‘shiladigan tarkibli yeguliklar qatoriga kirishini inkor bo‘lib bo‘lmaydi va asosiy muammo ham shunda. Gap shundaki, ulardan aksariyati bir-biri bilan umumlashganda hazm qilish qiyinlashadi, mayonez va boshqa souslar bilan esa ushbu jarayon yanada qiyin kechadi. Yog‘siz smetana, yogurt, shuningdek, kaloriyasi ko‘p mahsulotlarni kam kaloriyaliga almashtirish, masalan, kolbasa o‘rniga qaynatilgan go‘sht, tuzlangani o‘rniga oddiy bodring qo‘shish ham ahvolni yengillashtirishi mumkin.

Tort va shirinliklar

Marinadlangan bodring, salat va boshqa yeguliklardan keyin iste’mol qilingan shirinlikni oshqozoningiz yengil hazm qilmasligi aniq. Keks, kremli tort bo‘lagi va shokoladli boshqa shirinliklarda kamida 500 kaloriya bo‘ladi. Aynan shu sabab ham shirinliklar o‘rniga vitaminlarga boy mevalarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Tartaletkalar

Tartaletka — kaloriyali xamir va kaloriyali nachinkaning umumlashmasi hisoblanadi. Bayramdan keyin vazn bilan bog‘liq muammodan aziyat chekishni istamasangiz, tartaletka o‘rniga boshqa yegulik iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Mandarin

Aslida, mandarin beta-karotin, kaliy, A vitamini va antioksidantlarning koni hisoblanadi. Ammo bayram kechasi uni me’yordan ortiq yeyish allergiya, jig‘ildon qaynashi va gastrit xurujiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham iste’mol borasida oshirib yubormaslik yoki uning o‘rniga allergiyaga sabab bo‘lmaydigan boshqa mevalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.