Ingichka stakan, kichkina likopcha va birdaniga ko‘p ovqatlanib yubormaslikka yordam beradigan boshqa usullar
Birdaniga ko‘p ovqatlanib yubormaslik uchun nima qilish kerakligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: FreepikStolga kichkina tarelka qo‘ying
Ko‘pincha odatdagidan ko‘p ovqatlanib yuborishimiz mumkin. Gap shundaki, to‘qlik haqidagi signal asta-sekin yetib boradi va odatda organizm yetarlicha ovqat qabul qilganidan keyin yana 4-5 qoshiq yeydi odam.
Stakanning ingichkasini tanlang
Agar shirin ichimlik va sharbatlardan tiyila olmasangiz, unda ingichka stakanni tanlash tavsiya qilinadi. Suv va sutni esa aksincha kattaroq stakanda ichish kerak.
Rang-barang tarelkalar tanlang
Idish va taomning rangi bir-biriga qanchalik mutanosib bo‘lsa, porsiya shunchalik kichkina ko‘rinadi. Sabzavotlardan ko‘proq, uglevoddan esa kamroq yeyish uchun yashil ranglisini tanlash tavsiya qilinadi.
Ko‘proq suyuqlik iching
Yetarli miqdorda ichilgan suyuqlik ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi. Vatqi-vaqti bilan o‘rningizdan turib, aylanib keling. Kechasi bilan joyingizdan turmay o‘tirmang. Toza havoga chiqing, raqsga tushing yoki orada boshqa yumush bilan shug‘ullaning. Bu ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.
Manba