Ko‘zni tekshirtirish va kichikroq likopcha sotib olish: Yarim yildan so‘ng o‘zingizni yaxshi his qilishga yordam beradigan tavsiyalar
Birgina yaxshi odatga rioya qilib, sog‘liqni jiddiy ravishda yaxshilash mumkinmi?Ha! Ayniqsa, har oyda bittadan yangi odat bo‘lsa. Oldindagi yarim yil davomida shaxsiy salomatlik taqvimini kuzatib borishni unutmaslik lozim. Albatta, katta natijalar eng kichik o‘zgarishlardan boshlanadi.
Foto: PinterestMart: ko‘zga g‘amxo‘rlik qilish
Ko‘rlik yoki qisman ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish qo‘rquvi eng keng tarqalgan holatlardan biridir, ammo ko‘pchilik ko‘zni himoya qilish uchun hech narsa qilmaydi. Shu jumladan, eng oddiy – ko‘zni ultrabinafsha nurlanishidan ham himoya qilishmaydi. Mart, quyosh chindan ham yorqinroq bo‘lgan birinchi oy. Shuningdek, yangi odatni rivojlantirish uchun ham ajoyib oy – albatta, ultrabinafsha nurlardan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqish bilan birga. Ayni paytda, bu kichik narsa nafaqat ko‘zni, balki atrofdagi nozik terini ham himoya qiladi.
May: shakar iste’molini kamaytirish
Agar shakarli qahva yoki choy ichish odati bo‘lsa, unda kuniga bir stakanga 50 foiz kamroq shakar qo‘shishga harakat qilish yoki shunchaki asal bilan almashtirish kifoya. Yana bir oson yo‘li – bir kunlik shirinlikni quritilgan mevalar bilan almashtirish mumkin. Bularning barchasi arzimas narsalar va ular ko‘p harakat talab qilmaydi, ammo natija darrov ko‘rinadi.
Iyun: quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanish
Dermatologlarning ogohlantirishicha, ko‘pchilik hali ham terisini quyoshdan yetarlicha himoya qilmaydi. Shu bilan birga, ultrabinafsha nurlaridan himoyalangan mahsulotlardan muntazam foydalanish teri saratonining eng samarali profilaktikasi hisoblanadi. Himoya indeksi kamida 30(yaxshisi 50)bo‘lgan kremidan har kuni ofisda ishlagan taqdirda ham foydalanish lozim. Bosh terisi, qo‘llar va sochlar hamisha himoyaga muhtojligini unutmaslik kerak.
Iyul: kichikroq idishlardan ovqatlanish
Ko‘pincha inson o‘ziga keragidan 15-20 foiz ko‘proq ovqatlanadi. Shuningdek, juda tez tanovul qilib, to‘qlik signali o‘tkazib yuboriladi. Sekinroq ovqatlanish va ovqatlanayotganda chalg‘imaslik haqida to‘liq mantiqiy maslahatga qo‘shimcha ravishda, yana bir layfxak mavjud. Kichikroq idishlarni sinab ko‘rish: hatto kichikroq qismlar ham vizual ravishda yetarli bo‘lib ko‘rinadi va haqiqatan ham kerakli darajada ovqatlanib, och qolmaslik mumkin.
Avgust: tibbiy ko‘rikni tashkil qilish
Avgust – ta’til uchun eng yaxshi oy. Ushbu oyda bir necha kun ajratib, tibbiy tekshiruvni tashkil qilish tavsiya etiladi. Qon va peshob tahlillari, muhim organlarning(yurak, qalqonsimon bez, qorin bo‘shlig‘i)ultratovush tekshiruvini o‘tkazish, ginekolog, stomatolog va oftalmolog tomonidan profilaktik tekshiruvdan o‘tishni ortga surmaslik muhim.
Mavzuga doir:
- Ishtahaning yo‘qligi organizmdagi qanday muammodan darak beradi?
- Digital detoks: miyangizga dam olish va tiklanish imkoniyatini bering
- Qishdan keyin vitamin yetishmasligi: organizmga quvvat beradigan mahsulotlar
Manba