Salomatlik Ayollar uchun Sarimsoq qurib qolmasligi va mog‘orlamasligi uchun qanday saqlash kerak?

Sarimsoq qurib qolmasligi va mog‘orlamasligi uchun qanday saqlash kerak?

O'qildi: 298


Sarimsoq qurib qolmasligi va mog‘orlamasligi uchun qanday saqlash kerak?

Sarimsoqni tezda qurib qolmasligi va mog‘orlamasligi uchun bir nechta saqlash qoidalari mavjud.

Foto: “Segodnya”

Sarimsoq – bu taom va salatlarni xushta’m qiluvchi ishtaha ochar mahsulot. Sarimsoq har qanday sabzavotlar bilan ajoyib ta’mni hosil qiladi. Shuning uchun ham uni to‘g‘ri saqlash va buni qanday amalga oshirishni bilib olish kerak.

Sarimsoqni uyga olib kelganda birinchi navbatda nima qilish kerak?

Birinchidan, uni diqqat bilan tekshirib chiqish kerak. Zararlangan yoki yumshab qolgan sarimsoqni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi. Uni darhol iste’mol qilgan yaxshiroq.

Sarimsoqni qobiqdan tozalash mumkin emas. Po‘stloq hasharotlar va namlikdan himoya qiladi. Mutaxassislar ildizlarni qaychi bilan kesib olish yoki kuydirishni maslahat beradi. Bunday jarayon kelajakda sarimsoqning ehtimoliy o‘sishini to‘xtatadi.

Sarimsoqni saqlash uchun eng yaxshi joy

Bunga teshikli plastik qutilar, savat va kartonlar kiradi. Shuningdek, ularni namlik bo‘lmagan joyga qo‘yish kerak.

Ammo sarimsoqni to‘rlarda saqlash tavsiya etilmaydi – ular qurib ketishi mumkin. Qolaversa, ularni xaltalar ichida sabzavot bo‘linmasida muzlatkichda ham saqlash tavsiya etiladi.

Agar sarimsoq yaxshi konsentrlangan tuzli eritmaga solinib, so‘ngra quruq holda saqlansa, mog‘orlashning oldi olinadi. Sarimsoqni o‘rtacha saqlash harorati 1 dan 3 darajagacha. U 5 darajagacha sovuqqa bardosh bera oladi.

Shuningdek, sarimsoqni oddiy tuz bilan ham saqlash mumkin. Buning uchun idish olinadi. Pastki qismga tuz, so‘ngra sarimsoq qatlami va yana tuz sepiladi. Yana bir usuli bu sterillangan bankalarda un bilan saqlashdir. Un sarimsoq uchun xavfli bo‘lgan namlikni o‘zlashtiradi.

Sarimsoq sterillangan bankalarda, un va tuzsiz saqlanishi ham mumkin, asosiy qoida shundaki, u quyosh nuridan panaroq joyda bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik sarimsoqni bir necha qatlamli oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘rab saqlaydi. Buning uchun u yumshab qolgan bo‘lmasligi kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.