Salomatlik Salomatlik Shirin illyuziya: Har kuni muzqaymoq iste’mol qilinsa nima bo‘ladi?

Shirin illyuziya: Har kuni muzqaymoq iste’mol qilinsa nima bo‘ladi?

O'qildi: 400


Shirin illyuziya: Har kuni muzqaymoq iste’mol qilinsa nima bo‘ladi?

Muzqaymoqning uy sharoitida tayyorlanmagani juda shirin va kaloriyaga boy yegulik hisoblanadi. “Haqiqiy” muzqaymoq kamdan-kam tanovul qilinadi, qo‘shimcha shirinlik ta‘mini beruvchi moddalar esa kaloriyani oshirib yuboradi. Eng yaxshisi, har kuni salqinlash uchun shokolad yoki qaymoqli muzqaymoqdan ko‘ra suv ichish kerak, mevali sorbet qabul qilgan afzal.

Foto: “championat.com”

Muzqaymoqning foydali jihati bormi?

Rossiyada tabiiy biomuzqaymoqlar ishlab chiqariladi. Uni bolalar bog‘chasi, maktablar va shamollash va oshqozon kasalliklarini davolaydigan maxsus shifo maskanlariga tavsiya etiladi. Agar tana zaiflashmagan bo‘lsa, muntazam iste’mol qilingan muz tomoqni chiniqtiradi. Biomuzqaymoq inson mikrofloralarini yaxshilovchi foydali bakteriyalar, probiotiklar bilan boyitilgan. U tabiiy saryog‘, sut, foydali vitamin va yog‘ kislotalaridan tarkib topgan. Bunday tarkibli muzqaymoqni yordamchi moddalar tufayli hazm qilish osonroq, xavfsiz bo‘lganligi uchun ham qomatga ta’siri yo‘q.

Shuningdek, har qanday shirin taom singari muzqaymoqni kunning birinchi yarmida tanovul qilish tavsiya etiladi, soat 11:00 dan 16:00 gacha. Sababi bu vaqtda oshqozon osti bezi yanada faol harakatda bo‘ladi. Muzaymoq tarkibidagi yog‘lar hamda uglevodlarni hazm qilish osonroq hisoblanadi. Kechki payt esa tana o‘zini qayta tiklashi uchun imkon yaratish kerak, unga qiyin hazm bo‘ladigan yeguliklar tushmasligi zarur.

Foto: “championat.com”

Nima uchun issiqda muzqaymoqdan voz kechish kerak?

Yozning jaziramasida muzqaymoq eng yaxshi yegulik sanaladi. Lekin u tanani uzoq muddat muzlatmaydi, sababi ikki daqiqadan so‘ng uglevod va yog‘larni qayta ishlay boshlaydi. Energiya ishlab chiqrarilishi natijasida tana qiziydi. Odatda, muzqaymoq erimasligi uchun tez-tez yeyiladi. Biroq mana shu shoshilish o‘tkir resperator kasallikni keltirib chiqarishi mumkin. Muzqaymoq tanovuli paytida tana harorati tushadi va nafas olish yo‘llari muzlay boshlaydi, tana bir tomondan issiqdan qiziydi va muzqaymoq esa aksincha sovutadi. Bu holat tanada kuchli stressni keltirib chiqaradi. Aytgancha, yozda muzli ichimliklarni ichish ham xuddi shunga olib keladi.

Yana biroz xavfli bo‘lgan mevali muzni aytish o‘tish kerak. Uning ham miqdorini oshirib yubormaslik lozim. U sharbatdan tayyorlanadi va qondagi glukoza miqdorini keskin oshirib yuboradi, insulin miqdorini me’yordan chiqaradi. Muzqaymoqdan olingan shakar o‘sha zahoti qonga singib, oshqozon osti bezi va jigarning aziyat chekishiga sabab bo‘ladi. To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislarning aytishiga qaraganda, sharq tabobatida muzqaymoq eng zararli ovqatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Foto: “championat.com”

Muzqaymoq o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin?

Sorbet muzqaymoqdan kamroq zararga ega bo‘lgan o‘rinbosardir. Ammo uning ham tarkibida shakar bo‘lgani uchun foydali deb bo‘lmaydi. Sorbet asosan mevalar  pyuresi asosida tayyorlanadi. Biriktiruvchi to‘qimalar tufayli shakar qonga sekin singib ketadi va u insulin miqdorining buzilishiga olib kelmaydi. Tarkibi bo‘yicha sorbetda ozroq yog‘ bor, ammo sut va qaymoq yo‘q. Lekin ta’mi ajoyib. Agar tarkibida ko‘p miqdorda shakar bo‘lmasa, sorbet muzqaymoqning o‘rnida foydali o‘rinbosardir.

Foto: “championat.com”

Muzqaymoq tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Tabiiy muzqaymoqning ichida modda almashinuvini yaxshilaydigan foydali kislotalar, vitaminlar, minerallar va fermentlar mavjud. Biroq do‘konlardagi katta tanlov ichidan rostan ham  yaxshsini topish qiyin.

  • Tashqi ko‘rinish. Singan, erigan muzqaymoq yana qayta muzlashi mumkin. Agar noto‘g‘ri joyda saqlangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan mikroblar organizmni zaharlashi mumkin. Bunday muzqaymoqlarni sotib olmaganingiz ma’qul.
  • Yorliq. “O‘simlik-qaymoq”, “sutli o‘simlik yog‘i” va shunga o‘xshashlarini xarid qilmaslik kerak. Chunki bunday muzqaymoq tarkibida sut o‘rniga o‘simlik moddalari, ko‘pincha palma yog‘i qo‘shilgan bo‘ladi.
Yaxshi sifatli muzqaymoq sut yog‘idan iborat bo‘ladi. Haqiqiy muzqaymoq tarkibida uning ulushi kamida 12 % bo‘lishi kerak. Plombirli muzqaymoq tarkibida hech qanday ko‘rinishda suv bo‘lmasligi, tarkib sutdan iborat bo‘lishi lozim. O‘zida tetrazin, karraginan, natriy karboksimetilsellyuloza kabi moddalari bor xavfli nomlar qo‘shilgan muzqaymoqlardan aslo tanovul qilmang. Bular salomatlik uchun zarar hisoblanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.