Salomatlik Salomatlik Insult, miya saratoni va bosh og‘rig‘i bilan kechadigan boshqa kasalliklarni qanday aniqlasa bo‘ladi?

Insult, miya saratoni va bosh og‘rig‘i bilan kechadigan boshqa kasalliklarni qanday aniqlasa bo‘ladi?

O'qildi: 242


Insult, miya saratoni va bosh og‘rig‘i bilan kechadigan boshqa kasalliklarni qanday aniqlasa bo‘ladi?

Bosh og‘rig‘i salomatlikka xos jiddiy muammolar borligidan darak berishi mumkin. Shu sabab ham unga befarq bo‘lmasdan o‘z vaqtida mutaxassisga borish kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Migren: lo‘qillagan bosh og‘rig‘i

Ushbu alomat 6 foiz erkak va 18 foiz ayol aziyat chekadigan kasallikka xos. Migrenni butkul bartaraf qiladigan shifo yo‘q ekaniga qaramay, og‘riqni nima qo‘zg‘atishini bilib, undan qochishga harakat qilish kerak. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan kuzatilgan taqdirda ham nevrologga murojaat qilish lozim.

Insult: uvishishning sezilishi va aniq bo‘lmagan nutq

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bosh og‘rig‘i bilan birga kuzatiladigan bu kabi simptomlar bosh miya anevrizmidan darak beradi. Aynan shu sabab ham kech tashxis qo‘yish holatlari kuzatiladi. Bemorlar og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini qabul qilib oxirgi daqiqagacha shifokorga murojaat qilmaydi. Agar sizda nutq bilan bog‘liq muammo va uvishish seziladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Miya chayqalishi: diqqat qilishning qiyini

Bu miya chayqalishiga xos alomat hisoblanadi. Miya chayqalishi hamisha ham ko‘ngil aynishi yoki hushdan ketish bilan ham kuzatilavermaydi. Ammo bosh og‘rig‘i va diqqat qilish bilan bog‘liq muammo, albatta, unga xos bo‘lgan sanaladi. Bosh og‘rig‘i diqqatning yo‘qolishi bilan kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Miya saratoni: kuchli bosh og‘rig‘i

Bosh og‘rig‘ining shunchalik kuchli ekanidan uxlashning qiyin bo‘lishi va og‘riq bilan uyg‘onishning kuzatilishi darhol shifokorga murojaat qilish kerakligini bildiradi. Gap shundaki, bu kabi kuchli og‘riq miya saratoniga xos keng tarqalgan alomatlardan sanaladi.

Meningit: yuqori harorat va bo‘yin sohasidagi og‘riq

Ushbu kasallik hamisha ham kuzatilavermagani bilan unga xos bo‘lgan simptomlarni bilish muhim sanaladi. Orqa miyani zararlashi mumkin bo‘lgan bakterial infeksiya juda ham xavfli. Yuqori harorat va bo‘yin sohasidagi og‘riq unga xos keng tarqalgan alomatlardandir. O‘zingiz yoki yaqinlaringizda bu kabi o‘zgarishlar kuzatilsa, zudlik bilan mutaxassisga murojaat qilish kerak.

Mavzuga doir:

  • Bilib qo‘ygan yaxshi: yurak ishemik kasalliklariga xos bo‘lgan 5 simptom
  • Xavfli yurak porok kasalligi: uni qanday aniqlash mumkin?
  • Nima sababdan yurak urishi tezlashadi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.