Teri va soch holatining yomonlashishiga olib keladigan mahsulotlar
Qaysi iste’mol mahsulotlari teri va soch bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: “Lisa”Shakar
Kimyoviy jihatdan shakarda uglerodli kislota konsentratsiyasi yuqori ekani sabab uni iste’molidan keyin og‘iz nordon bo‘lib qoladi. Bu kislota tish emaliga zarar yetkazadi. Qolaversa, shakarning kislotali xususiyati mayda kapillyarlarda ham aks etadi. Shu sabab ham qandli diabet bor odamda qon aylanishi yomonlashadi. Teri va soch ahvoli esa kapillyarlarga bog‘liq bo‘ladi.
Oliy navli un
Tozalangan un ma’lum haroratda ishlov berilganidan keyin toza kraxmalga aylanadi. Kraxmal murakkab kimyoviy element hisoblanadi, uglevod va oqsil bilan birikibб yog‘ hujayralari va kapillyarlarda to‘planadi. Teri va sochda esa bu o‘z aksini topmay qolmaydi.
Xamirturush
Bunday bir hujayrali zamburug‘lar ayrim ma’lumotlarga qaraganda, ichaklar devorlarini kemirishi, limfa tizimi bo‘ylab tarqashi bu esa tashqi ko‘rinishga ham ta’sir qilmay qolmasligi mumkin.
Spirtli ichimlik
Spirtli ichimlik nafaqat butun organizm, xususan, oshqozon osti bezi, qalqonsimon bez va jigar uchun ham zararli. Gormon va fermentlar ajratadigan aynan shu a’zolar esa go‘zallik va yoshlikni saqlashga hissa qo‘shadi.
Qovurilgan o‘simlik yog‘i
Termik ishlov jarayonida organizm uchun xavfli moddalar ajralgani sabab ham kanserogen hisoblangan ushbu mahsulot zararli hisoblanadi. Bunday yog‘ hujayralarga zarar yetkazib, tabiiy regeneratsiya jarayoniga xalaqit qiladi. Aynan shu sabab ham o‘simlik yog‘ini yangi holida ishlatish tavsiya qilinadi.
Konserva mahsulotlari
Organizm oqsili buzilgan bunday mahsulotlarni Har doim ham to‘g‘ri qabul qilmaydi. “Shlak” debidentifikatsiyalangan bo‘lsa, organizm har qanaqasiga — teri, ichak va buyraklar orqali qutulmoqchi bo‘ladi.
Sifatsiz suv
Butun organizm, ayniqsa, soch va teri suvga hamisha ehtiyoj sezadi. Sochlar quyosh nurlari va sovuqda quriydi, yuz terisiga esa ajin tushishi mumkin bo‘ladi. Shu sabab ham suvning sifatlisi, ya’ni organizmni yagona namlantiruvchi gialuron kislotasini yuvib tashlamaydiganidan ichish kerak.
Qahva
Qaynatilgan yoki damlangan qahvada jigarga salbiy ta’sir qiladigan fenol bisyor bo‘lishi mumkin. Ba’zida qahva ham soch va terini go‘zal ko‘rinishiga hissa qo‘shadigan magniyni organizmdan chiqarib yuborishi mumkin. Qancha ko‘p qahva ichilsa, tashqi ko‘rinishda shuncha salbiy o‘zgarish ko‘zga tashlana boshlaydi.
Manba