Salomatlik Salomatlik Kech bo‘lmasin desangiz: Ko‘rish qobiliyatini saqlash uchun 6 tavsiya

Kech bo‘lmasin desangiz: Ko‘rish qobiliyatini saqlash uchun 6 tavsiya

O'qildi: 262


Kech bo‘lmasin desangiz: Ko‘rish qobiliyatini saqlash uchun 6 tavsiya

Ko‘rish bilan bog‘liq turli muammolar yuzaga kelmasligi uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: “Domashniy Ochag”

Ko‘zoynak taqmasdan ko‘chaga chiqmang

Quyoshning ultrabinafsha nurlari nafaqat yoz, balki qish kunlari ham zararli hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlari melanoma yoki katarakta paydo bo‘lishi xavfini orttiradi.

Ko‘zlaringizni ishqalamang

Ko‘zlarga toza bo‘lmagan qo‘llar bilan teginish, keratonusning paydo bo‘lish xavfini orttirib, ko‘rish qobiliyati yomonlashishiga olib keladi.

Ko‘z tomchilaridan kamroq foydalaning

Ko‘z qizarishida foydalaniladigan ko‘z tomchilariga o‘rganib qolish mumkin. Qizarishlar va bo‘rtib qolgan kapillyarlar ko‘zga tashlansa, shifokorga borishni unutmang.

Linzani yechmasdan dush qabul qilmang

Dush qabul qilish jarayonida mikroorganizm — akantameba linzadan ko‘zga kirib keratit yoki ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishga ham olib kelishi mumkin. Dush va basseyndan chiqqandan keyin linzani yechmagan bo‘lsangiz yaxshilab dezinfeksiya qilishni unutmang. Idishiga esa oddiy suv sola ko‘rmang.

Linza taqib uxlamang

Ko‘zdan uzoq vaqt davomida linza yechilmaganda mikrob tushishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘zga yetarlicha kislorod yetib bormaydi.

Linzani muddatidan ortiq vaqt davomida taqmang

Bir oyga mo‘ljallangan linzani bir oy, bir martalikni bir marta taqish kerakligini unutmang. Yo‘qsa, linza bakteriyalarning koniga aylanadi qoladi va oqibati ko‘rish qobiliyatini butunlay yo‘qotish bilan ham tugashi mumkin bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.