Keyin kech bo‘ladi: Tromb paydo bo‘layotganidan darak beruvchi 7 simptom
Qonning hadda ortiq quyilishi tufayli paydo bo‘ladigan tromb inson hayoti va salomatligi uchun xavfli. Aynan shu sabab ham unga xos simptomlarni vaqtida payqash va shifokorga murojaat qilish muhim sanaladi.
Foto: FreepikOyoqlarda tomir tortishishi
Ma’lum bo‘lishicha, oyoqlarida tromb bo‘lgan bemorlar avvalroq tomir tortishish kuzatilganidan shikoyat qilgan. Bu holat sizda ham kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
Oyoqlarda sanchiq
Oyoq va qo‘llarning bir yoki ikkisida sanchiq kuzatiladigan bo‘lsa, mutaxassis ko‘rigidan o‘tishi kerak. Chunki bu trombga xos klassik simptom hisoblanadi.
Teri rangining oqarishi
Tromb qon sirkulyatsiyasini qiyinlashtirgani sabab ham terining ayrim qismlarida oqarish kuzatiladi. Agar bir oyog‘ingizda boshqasidan ko‘ra oqarish kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling, chunki bu salomatligingizda muammo borligidan darak berayotgan jiddiy signal bo‘lishi mumkin.
Teri haroratining o‘zgarishi
Salomatlikdagi mazkur muammo paydo bo‘layotganidan ogohlantiruvchi belgilardan yana biri teri haroratining o‘zgarishi hisoblanadi. Qon aylanishining yomonlashishi sabab tromb paydo bo‘layotgan soha atrofidagi harorat sovuq yoki issiq bo‘lishi mumkin.
Belda og‘riq
Ko‘pchilik belida og‘riq kuzatilayotgan bemorlar tromb rivojlanayotganidan bexabar bo‘ladi. Ammo aksariyat hollarda to‘plangan qon og‘riq bilan namoyon bo‘ladi.
Haddan ortiq ter ajralishi
Yuqoridagi boshqa simptomlar bilan birga namoyon bo‘ladigan ter ajralishi xavotirlanishingizga jiddiy sabab bo‘la oladi. Chunki bu yurak yoki o‘pka sohasida tromb shakllanayotganidan darak beradi.
Nafas qisishi
Nafas qisishi o‘pkada tromb rivojlanayotganidan ogohlantiruvchi belgilardan biri. Shu sabab ham bunday o‘zgarish kuzatilganda zudlik bilan shifokorga borish kerak.
Manba