Salomatlik Goʼzallik Yuzni issiq suvdan ko‘ra sovuq suvda yuvishning qanday afzalliklari bor?

Yuzni issiq suvdan ko‘ra sovuq suvda yuvishning qanday afzalliklari bor?

O'qildi: 497


Yuzni issiq suvdan ko‘ra sovuq suvda yuvishning qanday afzalliklari bor?

Yoz mavsumida sovuq suv va hatto muzdan foydalangan holda muolajalar o‘tkazish har doimgiga qaraganda ko‘proq uchraydi. Chunki bu tezroq terini sovitishga yordam beradi. Shuningdek, aksariyat insonlar yuz terisini yaxshilash uchun ham sovuq suvda yuvishni afzal ko‘radi. Ammo dermatologlar bu haqda qanday fikrda?Grazia nashri ushbu savolga javob berdi.

Foto: Lash ModaSovuq suvning afzalliklari ham, kamchiliklari ham bor. U ko‘z atrofidagi shish va teri osilishini bartaraf etishga qodir. Agar tunda yetarlicha uxlashning imkoni bo‘lmasa, qon tomirlarini torayib, teri ko‘rinishiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Sovuq harorat esa ertalab va kechqurun teri holatiga mukammal tarzda mos keladi, ammo buning ham o‘ziga xos kamchiligi mavjud.

Sovuq suv terini issiq suv kabi yaxshi tozalamaydi, u teri teshiklarini toraytiradi, makiyajdan qolgan qoldiq, bakteriya va yog‘larni ushlab turadi. Shuning uchun dermatologlar avval yuzni iliq suv bilan yuvishni, keyin esa sovuq suv bilan chayishni tavsiya qiladi. Jarayon davomida maxsus parvarish vositalaridan tozalovchi penka yoki geldan foydalanishni unutmaslik lozim.

Shuningdek, mutaxassislar yuzni doim ham issiq suv bilan yuvishni tavsiya qilmaydi, chunki yuqori harorat ekzema va rosatsea kabi jiddiy teri kasalliklarini qo‘zg‘atadi, qolaversa, terini quritadi.

Mavzuga doir:

  • Yuzni ozg‘in ko‘rsatish uchun makiyajda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar
  • Yuz terisini uy sharoitida parvarish qilishda har kuni yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato
  • Xom kartoshka teri holatini yaxshilashi mumkinligini bilasizmi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.