Salomatlik Salomatlik Nima uchun diyetada ham banan iste’mol qilish kerak?

Nima uchun diyetada ham banan iste’mol qilish kerak?

O'qildi: 291


Nima uchun diyetada ham banan iste’mol qilish kerak?

“Afrika kartoshkasi” deb nomlanuvchi bananlarni ba’zida ratsiondan chiqarib yuborishadi. Sababi ushbu sitrus mevada kraxmaldan boshqasi yo‘q, deb o‘ylashadi. Shuningdek, ortiqcha vazndan xavotirlanayotganlar banandan voz kechishga harakat qiladi: deyarli barcha diyetalar bananlarni istisno qilishni taklif qiladi. Ammo ayni paytda ilm-fan ushbu mevani sog‘liq uchun eng foydali va hech qanday holatda, shu jumladan, parhezda bo‘lganlarga ham tavsiya qilmoqda. Quyida banan qanday kasalliklarning oldini olishi yoki davolashga yordam berishi haqida tanishib chiqish mumkin.

Foto: Pinterest

Qandli diabet

Bananlarda erimaydigan kletchatkalar ko‘p, bu qonda shakarni tartibga solishga yordam beradi. Shunday qilib, har kuni och qoringa 250—300 gramm banan iste’mol qilgan tadqiqot ishtirokchilaridan birining uch oydan so‘ng qonidagi shakar va xolesterin miqdorining pasayishi qayd etildi.

Gipertoniya

Bananlarda kaliy juda yuqori: bitta mevada 400 mg, kunlik ehtiyoj esa 3200 mg. Kaliy qon tomirlaridan ortiqcha zo‘riqishni yo‘qotadi, devorlari bo‘shashadi, qon oqimi tiklanadi va qon bosimi pasayadi.

Qabziyat

Xuddi shu parhez kletchatkasi qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi, ovqat hazm qilish uchun ham foydalidir: u ichak harakatini yaxshilaydi va ich qotishini bartaraf etadi.

Astma

London King’s College mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga kamida bitta banan iste’mol qiladigan bolalar astma xurujiga chalinish ehtimoli kamroq.

Uyqusizlik

Banan tarkibida mavjud magniy va B6 vitamini xotirani va uyquni yaxshilaydi. Shifokorlar agar kishi uyqusizlikdan yoki tunda uyg‘onib ketishdan aziyat cheksa, yotishdan bir soat oldin bitta banan yeyishni maslahat beradi. Natija bir hafta ichida yaxshilanadi.

Ortiqcha vazn

Kraxmal miqdori yuqori bo‘lishiga qaramay, banan past kaloriyali mevadir: bitta mevada 90—100 kaloriya bor. Shuningdek, ochlikni rag‘batlantiruvchi grelin gormoni ishlab chiqarishni bostirishga yordam beradi va mavjud kletchatkalar uzoq vaqt to‘yinganlik hissini beradi.

Mavzuga doir:

  • O‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?
  • Anjir mavsumi: mevaning foydali va zararli tomonlari
  • Pomidorning ajabtovur foydali xususiyatlari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.