Salomatlik Salomatlik Xolesterin miqdorini kamaytirish uchun iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 6 mahsulot

Xolesterin miqdorini kamaytirish uchun iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 6 mahsulot

O'qildi: 255


Xolesterin miqdorini kamaytirish uchun iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 6 mahsulot

Zararli hisoblangan xolesterin miqdorining oshishi qon-tomir devorlarida to‘planib yurak bilan bog‘liq jiddiy muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi. Xolesterinning ikki xili mavjud bo‘ladi. Hujayra va a’zolarga yetib borishi uchun xolesterin organizmda yog‘ va oqsillar bilan birikib — lipoprotein hosil bo‘ladi. Aynan mana shu lipoprotein xavfli yoki foydali bo‘lishi mumkin. “Yaxshi”sida lipoprotein yuqori zichlikda, “yomoni”da esa kam zichlikda bo‘ladi. Salomatlikda muammo bo‘lmasligi uchun “yomoni”ning miqdori oshib ketmasligiga e’tibor qaratish kerak. Qaysi mahsulotlar ta’kidlangan zararli xolesterinni kamaytirishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Suli yormasi

Duli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa xolesterinni kamaytirish uchun muhim hisoblangan oziqa modda, ya’ni prebiotikning koni. O‘rtacha bir porsiya bo‘tqada 4 gramm kletchatka mujassam bo‘ladi.

Qizil loviya

Qizil loviya bisyor bo‘lgan kletchatka va to‘yinmagan yog‘ni o‘z ichiga oladi. Qolaversa, ushbu mahsulot qondagi qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Undan nafaqat salat, balki taom ham tayyorlash mumkin.

No‘xat

Bir gramm prebiotik va 6 gramm kletchatka eng yaxshi umumlashma hisoblanadi. Ushbu mahsulotning atigi bir porsiyasi “yomon” xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

Baqlajon

Baqlajon nafaqat kaloriyasi kamligi, balki xolesterinni kamaytirish xususiyatiga ega ekanligi bilan ham o‘ziga xosdir. Ushbu mahsulotdan nafaqat taom, balki mazali yegulik va salat tayyorlasa ham bo‘ladi

Olma

Olma tarkibida organizm uchun foydali bo‘lgan pektin mujassam. Ushbu meva nafaqat xolesterinni kamaytirishi, balki tamaddi uchun eng yaxshi mahsulot sifatida ham o‘ziga xosdir. Kaloriyaning kamligi, foydaning ko‘pligi va xush ta’mi olmani ratsionga qo‘shish uchun sabab bo‘la oladi.

Zaytun yog‘i

Zaytun yog‘i metabolizmni jadallashtirishdan tashqari yuqori miqdordagi xolesterindan qutulishga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.