Vazn kamaytirishda kechasi iste’mol qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar
Umumiy qoida doimgidek — vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar, kechki soat 18:00 dan keyin ovqatlanmasligi kerak. Ko‘pchilik ushbu yanglish fikrga amal qiladi. Darhaqiqat, vazn yo‘qotmoqchi bo‘lsangiz, bu nafaqat mumkin, balki kechasi ham iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotlar ham mavjud.
Foto: “Domashniy ochag”Vaznini kamaytirmoqchi bo‘lganlar rioya qilishlari kerak bo‘lgan asosiy tamoyil: ayol organizmi ochlik e’loniga juda og‘riqli munosabatda bo‘ladi. Uning organizmi farzand ko‘rish uchun yaratilgan, shuning uchun ozuqaviy moddalarning yetishmasligi va parhezni tashvish bilan qabul qiladi. Parhez vaqtida organizm bir zumda energiya tejash rejimiga o‘tadi va kaloriyalarni ishlatish o‘rniga ularni saqlashni boshlaydi. Aytilganidek, 18:00 dan keyin ovqatlanmaslik natijasida yarim tunda ochlikdan uxlay olmaslik ham kuzatiladi.
Sut mahsulotlari
Kefir, tvorog, tabiiy yogurt — bularning barchasi yaxshi hazm bo‘ladigan, organizmni ortiqcha zo‘riqtirmaydigan va yog‘ shaklida to‘planmaydigan yengil oqsil manbalari. Ular vazn yo‘qotishga yordam beradigan ajoyib tungi gazak bo‘lishi mumkin. Asosiy qoida shundaki, bu mahsulotlarning barchasi shakarsiz bo‘lishi kerak!Tavsiya etiladigan miqdor — 200 gramm.
Sut
Yotishdan oldin iliq sut ichish bu yuqoridagi tavsiyaning klassikasi. U nafaqat oqsilni, balki triptofanni ham o‘z ichiga oladi. Tarkibdagi aminokislota tinchlantiradi va uyquchanlikni keltirib chiqaradi. Uyqu qanchalik yaxshi bo‘lsa, ertasi kuni energiya zaxirasini shirinlik va yog‘lar bilan to‘ldirish xavfi shunchalik past bo‘ladi.
Tuxum
Kilogramm yo‘qotish uchun tuxumni nafaqat nonushta, balki kechasi ham iste’mol qilish kerak. Shuningdek, u sog‘lom oqsil manbasi hisoblanadi. Eng yaxshi variant — 2 ta qaynatilgan tuxum yoki pomidor va ismaloq bilan pishirilgan omlet.
Parranda go‘shti
Tovuq yoki kurka go‘shti metabolizmingizni yaxshi darajada ushlab turadi va tungi uyquga xalaqit bermaydi. Bu A, E, B vitaminlari va minerallarning butun majmuasi manbai. Parranda go‘shtida uglevodlar deyarli yo‘q, shu tufayli u vazn yo‘qotish uchun kechasi iste’mol qilish kerak bo‘lgan ovqatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Baliq
Baliqda yog‘ miqdori juda past, ammo sog‘lom oqsil juda ko‘p. Ozish uchun kechasi yog‘i kam turlarini iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Pishirilgan sabzavotlar
Issiqlik bilan ishlov berishdan keyin sabzavotlardan kletchatka osonroq so‘riladi. Kechki ovqat uchun sabzavotlarni qaynatish, qovurish yoki dimlab pishirish mumkin. Ular mukammal hazm qilinadi va tabiiy sorbent sifatida ishlaydi — ichaklardan toksinlarni olib tashlaydi. Kechasi sabzavot iste’mol qilishda ayol va erkak amal qilish kerak bo‘lgan asosiy qoida — ularni iloji boricha yog‘siz va tuzsiz pishirishdir.
Mevalar
Vazn tashlashning yana bir samarali usuli — yotishdan oldin rezavor mevalarni iste’mol qilish. Bir stakan qulupnay yoki qorag‘atda — kaloriya 70 dan ko‘p emas, vitamin va antioksidantlar esa juda ko‘p. Shuningdek, ular ichak faoliyatini ham rag‘batlantiradi.
Mavzuga doir:
- O‘tirib ishlaydiganlarga ish joyida vazn kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar
- Vazn tashlashga jiddiy qaror qilganlar voz kechishi kerak bo‘lgan 7 ta zararli odat
- Parhez vaqtida organizmda tanqisligi kuzatiladigan vitamin va minerallar
Manba