Salomatlik Salomatlik Tez charchab qolishning 11 sababi

Tez charchab qolishning 11 sababi

O'qildi: 323


Tez charchab qolishning 11 sababi

Energiyaning kamayishi ish va o‘qish samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo holsizlik va lohaslik shunchaki kuzatilmasligi, buning asosli sababi bo‘lishi mumkin.

Foto: Marie Claire

Suyuqlikning yetarli miqdorda bo‘lmasa

Organizmdagi hatto biroz suvsizlanish ham yoqimsizlik, kuchsizlanish va charchoqni keltirib chiqarishi mumkin. Mashg‘ulot vaqtida, issiq va aqliy zo‘riqish ortganda yetarli miqdorda suv ichishni unutmang.

Magniy tanqisligi 

Magniyning tanqisligi energiya yetishmasligi, kuchsizlanish va lohaslikka sabab bo‘ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, magniyning 300-1000 milligrammi surunkali charchash va psixik muammolarga xos simptomlarni kamayishiga hissa qo‘shadi.

Stress

Stress vaqti adrenalinning jadallashgani hisobiga miya ko‘proq energiya sarflaydi. Asabiylashmaslikka harakat qiling – chuqur nafas olish va meditatsiya sizga bu borada yordam berishi mumkin.

Jismoniy faol bo‘lmaslik

Muntazam ravishda jismoniy faol bo‘lish, energiyaga to‘lishning eng yaxshi usuli. Tizimli ravishda mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanilsa, kishi o‘zini shuncha faol va ijobiy his qiladi.

Noto‘g‘ri ovqatlanish

Oddiy uglevodlar va tarkibida shakar bisyor bo‘lgan mahsulotlar qondagi qand miqdorini birdaniga ko‘tarib yuborishi keyin esa tushib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarish odam o‘zini kuchsiz his qilishiga olib keladi.

Kechasi bilan gadjetlardan foydalanish

Uyquga yotishdan 1-2 soat avval telefon va gadjetlaringizni o‘chiring va yotoqdan uzoqroqqa qo‘ying.

Ishdagi og‘irlik

Energiya bitmas-tuganmas manba emas. Ishga mukkasidan ketib o‘zingizni zo‘riqtirmang. Ortiqcha ish bajarib charchash oqibatida odatiy yumushlarga ham holingiz qolmasligi mumkin. Har doim dam olishga vaqt qoldiring. Shunda ishingizda ham unum bo‘ladi.

Temir moddasining yetishmasligi

Organizmdagi a’zolar va hujayralarni kislorod bilan ta’minlaydigan temir moddasi tanqisligi toliqishga olib keladi. Uning qanchalik yetishmasligini qon tahlili yordamida aniqlasa bo‘ladi. Bunday vaqtda ratsionda temirga boy mahsulotlar – yong‘oq, pista, dengiz karami bo‘lishiga e’tibor qarating. Anemiya aniqlanganda shifokor qo‘shimcha dorilar yozib berishi mumkin.

Nonushta qilmaslik

Organizm faol ishlashi uchun energiya muhim sanaladi. Nonushta qilmasdan turib esa kishi o‘zini yaxshi his qilish imkoniyati kam bo‘ladi. Energiyaga muhtoj bo‘lgan tana tonggi ovqatlanishdan keyin kuchga to‘ladi.

Konditsionerning kirlangan filtrlari

Konditsioner filtrini kamdan-kam hollarda tozalash tez-tez charchab qolishga olib keladi. Allergologlar konditsionerlarni bugungi kundagi muammolarning asosiy sabablaridan deb biladi.

Spirtli ichimlik

Markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atgani hisobiga spirtli ichimliklar uxlash va uyg‘onishga qarshilik qiladi. Shuning hisobiga odam charchoqni his qiladi. Charchashingizga ta’kidlangan sabablardan hech biri sizga to‘g‘ri kelmasa, shifokor bilan maslahatlashing.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.