Salomatlik Salomatlik Sut, asal, quritilgan non va oshqozon kislotaliligini kamaytirishga yordam beradigan boshqa mahsulotlar

Sut, asal, quritilgan non va oshqozon kislotaliligini kamaytirishga yordam beradigan boshqa mahsulotlar

O'qildi: 289


Sut, asal, quritilgan non va oshqozon kislotaliligini kamaytirishga yordam beradigan boshqa mahsulotlar

Ovqatni samarali hazm qilish uchun bunda ishtirok etadigan tizim va organlar to‘g‘ri ishlashi kerak. Jigar safro ishlab chiqaradi va u o‘t qopida to‘planadi.

Foto: Pinterest

Ovqatlanganda o‘t qopi qisqarib, tarkibini ichakka bo‘shatadi. Safro yog‘li ovqatlarni hazm qilishda ishtirok etadi, fermentlarni faollashtiradi, ichak harakatini rag‘batlantiradi. Oshqozon osti bezi ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqaradi, ular oqsillarni, yog‘larni va uglevodlarni parchalashga yordam beradi. Oshqozonda har bir taom uchun xlorid kislotasini o‘z ichiga olgan me’da shirasi ishlab chiqariladi. Xlorid kislota me’da shirasining antibakterial ta’sirini ta’minlaydi va hazm qilish uchun zarur muhitni tayyorlaydi.

Аfsuski, hozirgi tez va shiddatli hayot tarzida noto‘g‘ri ovqatlanish, stress, ruhiy va jismoniy charchoq oqibatlarida ko‘pchilikni jig‘ildon qaynashi, ya’ni me’da shirasining kislotaliligi oshishi tez-tez bezovta qilib turadi. Bu holatga ko‘pchilik e’tibor bermaydi.

Qanday vaqtlarda ehtiyot bo‘lish zarur?

  • oshqozon sohasida og‘riq bo‘lsa;
  • ovqatlanishdan oldin va keyin jig‘ildon qaynasa;
  • qorin dam bo‘lsa, oshqozon sohasida og‘irlik sezsa, achchiq suv bilan kekirish paydo bo‘lsa;
  • tilda oqarish, ko‘ngil aynish qo‘shilsa.
Oshqozon kislotasi sekretsiyasini kamaytirishga va yaxshilashga yordam beradigan mahsulotlar:

Sut

Jig‘ildon qaynaganda 100 gramm sut yaxshi yordam beradi. Bir kunda uch mahal ovqatlanishdan oldin ichish tavsiya etiladi.

Sho‘rva

Tovuq go‘shtidan va qo‘shimcha sabzavotlardan — lavlagi, kartoshka, qovoq bilan pishirilsa, yaxshi foyda beradi.

Bo‘tqa

Guruch, arpa, grechkadan sutda yoki suvda pishirilgan bo‘tqalar ham yaxshi yordam beradi.

Asal

Аsal va asalarichilik mahsulotlari yuqori kislotalilikni kamaytirishga yordam beradi va oshqozon shilliq pardasini himoya qiladi.

Ertalab bir choy qoshiq asalni 100 gramm suvga eritib, och qoringa iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, 1:1 nisbatda asal va aloe sharbatidan tayyorlangan sharbatni kuniga uch mahal bir choy qoshiqdan ovqatdan 30-40 daqiqa oldin iste’mol qilish mumkin.

Kartoshka suvi

Yangi tayyorlangan kartoshka sharbati immunitet tizimini mustahkamlaydi, qon bosimini pasaytiradi, shuningdek, me’da shirasi kislotaliligini kamaytirishga yordam beradi. Kartoshka suvi ovqatdan 30-40 daqiqa oldin ichiladi. Аvvaliga bir osh qoshiqdan boshlanadi, sekin-asta 100 grammga yetkazish kerak. Bir oy davomida ichiladi. Kartoshka sharbatini tayyorlashda faqat sifatlisini ishlatish kerak. Oksidlanishning oldini olish uchun plastik qirg‘ichlardan foydalanish kerak.

Quritilgan non

Yangi non me’da shirasi sekretsiyasini oshiradi, shuning uchun suvi qochgan non iste’mol qilish foyda keltiradi.

Mevalar

Olma, qizil sabzini yaxshilab chaynab yoki qirg‘ichdan o‘tkazib, har kuni iste’mol qilish yaxshi foyda beradi.

Oshqozon kislotaliligi oshgan mahalda qahva, yog‘li taomlar, qovurilgan ovqatlar, achchiq taomlardan vaqtincha voz kechish kerak va ovqatlarni o‘rtacha issiqlikda iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.