Salomatlik Salomatlik Xamirturushsiz non chindan ham foydalimi?

Xamirturushsiz non chindan ham foydalimi?

O'qildi: 232


Xamirturushsiz non chindan ham foydalimi?

Non sarvqomat bo‘lish istagida bo‘lganlarning asosiy dushman ekani ko‘pchilikka ma’lum. Buni yaxshi bilgani uchun ham aksariyat kishilar xamirturushsiz non iste’mol qilishni afzal biladi. Aslida bunday non haqiqatan ham foydalimi yoki yo‘q?Quyida shu haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Freepik

Xamirturushli non

Xamirturush, eng avvalo, bir hujayrali zamburug‘lar guruhiga mansub mikroorganizmlar, shuningdek, biologik pishirish kukuni ekanini yodda tutish kerak. Tabiiy xamirturush oqsil, D va B guruh vitaminlari, temir va boshqa foydali mikroelementlarning koni bo‘ladi. Xamirga qo‘shilganda kraxmal, shakar qayta ishlanadi, shuningdek, jarayonda spirt va karbonat angidrid gazi ishlab chiqariladi.

Xamirni ko‘tarilishiga aynan mana shu gaz sabab bo‘ladi, spirt esa xamirning o‘ziga xos iforiga javobgar bo‘ladi. Faqatgina 50 daraja haroratgacha chidamli ekani sabab pishirish jarayonida xamirturush o‘ladi. Shu sabab ham istalgan non tayyor bo‘lganida “xamirturushsiz” hisoblanadi.

Xamirturushsiz non

Bunday non qoidaga ko‘ra, achitqi – mikrobiologik tarkib qo‘shish orqali tayyorlanadi. Unga ko‘ra, xamirturush qo‘shilmagani hisobiga xamir ko‘tarilmaydi. Gap shundaki, aksariyat hollarda do‘kondagi “xamirturushsiz” nonlarda ham “yovvoyi” xamirturush – mevalar va g‘allalarda bo‘ladigan zamburug‘lar bo‘ladi.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, “yovvoyi” zamburug‘lar organizmga odatiydagisidan ko‘proq zarar yetkazishi mumkin. Aksariyat mutaxassislarning ta’kidlashicha, tarkibida yuqorida ta’kidlangan har ikki xamirturush bo‘lmagan – lavash xamiri, italyancha fokachcha, matsa, tortilya va shunchaki un hamda suvning umumlashmasidan tayyorlangan nonlar zararsiz hisoblanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.