Salomatlik Salomatlik Vazn tashlashda olma qanchalik samara berishi aniqlandi

Vazn tashlashda olma qanchalik samara berishi aniqlandi

O'qildi: 262


Vazn tashlashda olma qanchalik samara berishi aniqlandi

Olimlarning aniqlashicha, muayyan bir mevani doimiy ravishda iste’mol qilish qorin sohasidagi yog‘ni eritishi mumkin. Ortiqcha vazn bilan kurashishda muammoni to‘g‘ri aniqlash, uni bartaraf qilishga yordam beradigan usuldan foydalanish kerak. Ayrim usullar bir muammo uchun samara berishi, ammo jiddiyroqlarini hal qilmasligi mumkin. Oddiy teri ostidagi yog‘dan ko‘ra vitselyar yog‘ quyuqroq va qorin boshlig‘ining chuqurroq qismida joylashgan bo‘ladi.

Foto: Marie Claire

Qutulish biroz murakkab bo‘lgan vitselyar yog‘ toksik kimyoviy moddalar ajratgani sabab hujayralar yallig‘lanishi, arterial qon bosimi ko‘tarilishiga olib keladi. Bunday asoratlar bir qancha muammolar, yurak-qon tomir kasalliklari, suyaklarning chiqish-sinishiga olib keladi. Harvard Health’da yozilishicha, vitselyar yog‘ bilan metabolizm bilan bog‘liq muammolar, yurak-qon tomir kasalliklari va ikkinchi darajali qandli diabet o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Ayollarda bu ko‘pincha ko‘krak saratoni va o‘t pufagidagi muammo bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Vitselyar semirishga turli garmonlar va insulin ajralishining ishdan chiqishi sabab bo‘lishi mumkin.

Undan qutilish uchun kun davomida jismoniy faol bo‘lish muhim. Mashg‘ulotlar qon aylanishini jadallashtiradi, natijada organizm energiya sifatida vitselyar yog‘dan foydalanadi. To‘g‘ri ovqatlanish undan kam bo‘lmagan muhim sanaladi. Bu borada olma yaxshi samara beradi. Metabolizmni yaxshilaydigan olma xolesterinni kamaytirib, qon bosimini pasaytiradi. Flavonoid va pektinlarning koni hisoblangan ushbu meva uzoq vaqt qorinni to‘q tutadi. Yog‘ miqdorini kamaytirgani hisobiga ozishda, ayniqsa, foydali hisoblanadi.

Uning vitselyar yog‘ni yo‘q qilishda samara berishi Yaponiyada o‘tkazilgan tajribada o‘z isbotini topgan. 2007-yilda nashr etilgan maqolada yozilishicha, tadqiqotda 71 nafar ortiqcha vaznli ishtirokchi qatnashgan. Natijada umumiy va qondagi yomon xolesterin miqdori 12 haftada kamaygan. Bundan xulosa qilib, olmadagi polifenollar nisbatan yuqori tana massa ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan sog‘lom odamlarda yog‘larning metabolizmini tartibga soladi, degan qarorga kelingan. Ta’kidlanishicha, olma o‘rniga polifenolni o‘z ichiga oladigan boshqa mevalarni ham iste’mol qilsa bo‘ladi.

Mavzuga doir:

  • Qorin sohasida yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar
  • Noto‘g‘ri parhez: Nima uchun faqat sabzavot va mevalarning o‘zini iste’mol qilish mumkin emas?
  • Oson ozish uchun nima qilish kerak?Vazn tashlashga yordam beradigan 4 tavsiya
  • Ekspertlar qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni ma’lum qildi
  • Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.