Uyqu va xotirani yaxshilaydi: bodomning ko‘pchilikka noma’lum foydali xususiyatlari
Bodom mineral, vitamin, oqsil va organizm uchun zarur bo‘lgan boshqa muhim moddalarga boyligi bilan mashhurdir. Yong‘oqning foydalari bir necha asrlar davomida o‘rganilgan. Biroq u nafaqat mazali mahsulot, balki sog‘liq uchun haqiqiy ombor ekanini ko‘pchilik bilmaydi. Quyida bodomni ratsionga kiritishga arziydigan oltita foydali xususiyatlari haqida ma’lum qilamiz.
Foto: GraziaMiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi
Bodom miya uchun eng yaxshi mahsulotlardan biridir. Buning sababi shundaki, yong‘oq riboflavin va levokarnitinning yuqori miqdoriga boy. Ushbu moddalar kognitiv sustlashishning oldini oladi, xotirani yaxshilaydi va miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Demensiya yoki Alsgeymer kasalligi kabi kognitiv kasalliklarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan odamlarning kundalik ratsioniga bodom qo‘shish tavsiya etiladi.
Teri holatini yaxshilaydi
Sog‘lom va porloq teriga ega bo‘lishni xohlaysizmi?Bodom iste’mol qiling! Bodom E vitamini va antioksidantlar manbai bo‘lib, terining go‘zalligini saqlab, yallig‘lanishni kamaytiradi. 2005-yilda tadqiqotchilar bodom tarkibida ko‘p miqdorda katexin, izoramnetin va kempferol borligini aniqlagan. Bu moddalar terini ultrabinafsha nurlarining salbiy ta’siridan, ifloslangan havodan va to‘yib ovqatlanmaslikdan himoya qiluvchi antioksidantlardir.
Bodom to‘qlik hissini beradi
Bodom yog‘ va kletchatkaga boy bo‘lib, vazn kamaytirishga yordam beradi. Ushbu yong‘oqni iste’mol qilish ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi, chunki bodom to‘qlik hissini beradi va ishtahani bo‘g‘adi. Bundan tashqari, yong‘oq qonda shakar darajasini nazorat qiladi. International Journal of Obesity jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, olti oy davomida bodom iste’mol qilgan ayollar o‘z ratsioniga bodomni qo‘shmagan bir guruh respondentlarga nisbatan vazn kamaytirishga erishgan.
Uyqu sifatini yaxshilaydi
Bodom uyqu sifatini yaxshilaydi. Buning sababi shundaki, yong‘oq tanadagi melatonin(uyqu gormoni)ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qodir.
Xolesterinni kamaytiradi
Bodom inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan LDL xolesterinni kamaytirishi mumkinligi isbotlangan. Yong‘oq qondagi xolesterin darajasini normallashtirishga yordam beradi, bu vaqt o‘tishi bilan salomatlikni yaxshilaydi.
Yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi
Bodom yurak qon-tomir tizimini himoya qiluvchi sog‘lom yog‘li kislotalarga boy. Ushbu yong‘oq tarkibidagi ozuqa moddalari yurak kasalliklarining rivojlanish xavfini oldini oladi. Yuqori qon bosimidan aziyat chekadiganlarning ratsioniga bodomni kiritish tavsiya qilinadi.
Mavzuga doir:
- Foydalimi yoki zararli: mayonez haqida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan faktlar
- Kartoshkaning inson salomatligi uchun qanday foydalari bor?
- Qaysi biri foydali: guruch yoki grechka?
Manba