Salomatlik Salomatlik Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan kutilmagan mahsulotlar

Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan kutilmagan mahsulotlar

O'qildi: 239


Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan kutilmagan mahsulotlar

Xayolingizga ham kelmagan mahsulotlar hayot uchun muhim bo‘lgan yurak salomatligini yaxshilashi haqida Grazia nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Grazia

Pistalar

100 gramm kungaboqar pistasida yurak faoliyati uchun muhim bo‘lgan magniyning 10 foizi mujassam bo‘ladi. Qolaversa, pista tarkibida yurak-qon tomir tizimi uchun muhim bo‘lgan rux moddasi ham bisyor. Qovoq urug‘i esa “yomon” xolesterin miqdorini kamaytiruvchi kletchatkalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, qovoq urug‘ida ham 65 gramm magniy mavjud.

Qahva

Sidney universiteti olimlari me’yorida iste’mol qilingan qahva aritmiyani kamaytiradi degan xulosaga keldi. Asosiysi, sut va shakar qo‘shilmagan qora qahva ichish. Kofeindan tashqari ushbu ichimlikda yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan boshqa moddalar ham ko‘p.

Tomat pastasi

Tomat pastasi yurak salomatligi uchun muhim bo‘lgan likopinning koni. Uning atigi 4 grammida likopinning kunlik me’yori mujassam.

Kartoshka

Qaynatilgan yoki yog‘siz pechda pishirilgan kartoshka yurak-qon tomir tizimi va qomat uchun xavfsiz. Gap shundaki, kartoshkada qon bosimini nazorat qilishga yordam beradigan kaliy va qizil qon tanachalarining tashkil topishida muhim sanalgan B6 vitamini mavjud.

Banan

Kun davomida iste’mol qilingan atigi bir dona banan kaliy va natriy balansini me’yorda bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Ushbu elementlar barcha mushaklar, xususan, yurak faoliyatini ham yaxshilaydi. Shuning hisobiga ham banan yurak salomatligi uchun eng muhim mahsulotlardan sanaladi.

Yogurt

Boston universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda bir kunda iste’mol qilingan yogurtning atigi ikki porsiyasi infarkt va insult xavfini 30 foizga kamaytirishi aniqlangan. Ammo buning uchun shakar qo‘shmasdan yog‘sizini iste’mol qilish kerak.

Mavzuga doir:

  • Qon bosimini dorilarsiz pasaytirish uchun 8 tavsiya
  • Qon bosimining oshishiga sabab bo‘ladigan 5 odat
  • Bosh miya ichki bosimi oshganidan darak beruvchi simptomlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.