Salomatlik Salomatlik Yong‘oq, zarchava va to‘satdan shamollaganda ratsionga kiritish kerak bo‘lgan boshqa mahsulotlar

Yong‘oq, zarchava va to‘satdan shamollaganda ratsionga kiritish kerak bo‘lgan boshqa mahsulotlar

O'qildi: 342


Yong‘oq, zarchava va to‘satdan shamollaganda ratsionga kiritish kerak bo‘lgan boshqa mahsulotlar

To‘g‘ri ovqatlanish, shuningdek, gripp va shamollash, yo‘tal, charchoq va burun bitishi alomatlarini tezroq yengishga yordam beradi. Kasallik tufayli oziq-ovqat har doim ham ishtaha bilan iste’mol qilinmaydi, ammo oziq-ovqat va ichimliklarni to‘g‘ri tanlash kasallikning kechishini yengillashtirishi, asab tizimini mustahkamlashga va tezroq tiklanishiga yordam beradi. Quyida tavsiya etiladigan mahsulotlar bunday vaqtda yordamga keladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Moychechak choyi

Moychechak tananing antibakterial faolligini oshirishga yordam beradi, shuningdek, immunitet tizimini himoya qiladi va uyquni yaxshilaydi. Olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yaqinda ona bo‘lgan, bir necha hafta davomida moychechak choyini ichgan ayollar, uni ichmaganlarga qaraganda ancha yaxshi uxlagan. Moychechak choyi issiq yoki sovuq holatda ham bir xil darajada foydali, shuningdek, u smuzi tayyorlash uchun suyuqlik sifatida ishlatilishi mumkin.

Zarchava

Zarchava kuchli yallig‘lanishga qarshi birikma bo‘lib, immunitet hujayralarining faolligini va antitelalarning samaradorligini oshiradi. Organizmga ta’sirini sezilarli darajada ko‘paytirish uchun zarchavani qora murch bilan birlashtirish tavsiya etiladi. Aralashmasini smuzi, sho‘rva, bulyonlar va sabzavotli taomlarga sepish mumkin.

Quritilgan gilos

Ushbu mahsulot antioksidantlarga boy. Quritilgan gilos yuqori nafas yo‘llari alomatlari xavfini kamaytiradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. Uning tarkibidagi melatonin yetarlicha uxlashga, virusni yuqtirmaslikka yoki kasal bo‘lish ehtimoli kamayadi.

Yong‘oq

Yong‘oq eng yaxshi yallig‘lanishga qarshi oziq-ovqatlardan biri bo‘lib, ular immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlashda muhim bo‘lgan bir qancha oziq moddalarni, jumladan E va B6 vitaminlari, mis va foliy kislotasini o‘z ichiga oladi. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, yong‘oq stress darajasini pasaytiradi, nazoratsiz stress esa immunitet tizimini zaiflashtiradi. Yong‘oq va quritilgan gilos gazak uchun ajoyib tanlov.

Zaytun moyi

Extra virgin zaytun moyi antibakterial xususiyatlarga ega. Antioksidantlar ko‘plab yallig‘lanish kasalliklaridan, jumladan, diabet, ichak kasalliklari va semirishdan himoya qiladi. Istalgan effektni olish uchun salatga zaytun moyini qo‘shish kifoya.

Mavzuga doir:

  • Bosh og‘riganda samara beruvchi tabiiy mahsulotlar
  • Ayniqsa sovuq mavsumda tanqisligi kuzatiladigan D vitamini haqida nimalarni bilish kerak?
  • Temir moddasiga boy 7 mahsulot
  • Ayollardagi kalsiy yetishmovchiligining asosiy belgilari
  • D vitaminining organizm uchun muhimligining 6 sababi
  • Magniy uyqusizlikni yengishga qanday yordam beradi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.