Chernika, sarimsoq va onkologlar muntazam ravishda iste’mol qilishni tavsiya etadigan boshqa mahsulotlar
Hech qanday mahsulot organizmni saraton kasalligidan 100 foiz himoya qila olmaydi, ammo ularning ba’zilari kasallikning rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ushbu mahsulotlar onkologlar tomonidan iloji boricha tez-tez, ideal holda har kuni iste’mol qilish tavsiya etiladi, natijada kasallikning boshlanishi xavfi imkon qadar past bo‘ladi.
Foto: PinterestSarimsoq
Shifokorlar sarimsoqni sevimli ovqatlarga qo‘shib, iloji boricha tez-tez iste’mol qilishni maslahat beradi, chunki tarkibidagi oltingugurt birikmalari immunitet tizimining tabiiy himoyasini rag‘batlantiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sarimsoqni muntazam iste’mol qilish oshqozon saratoni xavfini 12 foizga kamaytirishi mumkin.
Brokkoli
Brokkoli saraton kasalligining rivojlanish xavfini oldini oladigan yana bir super mahsulotdir. Ammo shifokorlar ogohlantiradi: hech qanday holatda uni mikroto‘lqinli pechda pishirmaslik kerak, chunki tanani himoya qiladigan o‘simlik flavonoidlarining 97 foizini yo‘q qiladi.
Yong‘oq
Selenning qimmatli manbayi saraton hujayralarining parchalanishiga olib keladi. Shuningdek, prostata saratoni rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Kornel va Arizona universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga atigi ikkita yong‘oq iste’mol qilish prostata saratoni xavfini 63 foizga, yo‘g‘on ichak saratoni xavfini 58 foizga, shuningdek, boshqa saraton turlari xavfini 46 foizga kamaytiradi.
Sitrus mevalar
Limon, apelsin va greypfruitlarni muntazam iste’mol qilish kekirdak, oshqozon va og‘iz bo‘shlig‘i saratoni rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bundan tashqari, sitrus mevalari qizilo‘ngach saratoni xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Chernika
Eng foydali mevalardan biri chernika bo‘lib, u sog‘lom hujayralarga zarar yetkazadigan va xavfli kasalliklarga, shu jumladan, saratonga olib kelishi mumkin bo‘lgan erkin radikallarning ta’sirini bartaraf etadigan ko‘plab antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu meva o‘zining foydali xususiyatlarini nafaqat yangi, balki quritilgan, muzlatilgan va murabbolarda ham saqlaydi.
Losos balig‘i
Umuman olganda, har qanday yog‘li baliq nihoyatda foydali: haftasiga atigi to‘rt porsiya baliq tanovul qilish leykemiya, miyeloma va limfoma rivojlanish xavfini uchdan bir qismga kamaytiradi. Bundan tashqari, yog‘li baliqlarni muntazam iste’mol qilish bachadon saratoni rivojlanishining oldini oladi.
Kivi
Kivi C va E vitaminlari, shuningdek, erkin radikallarni zararsizlantiradigan va salomatlikni himoya qiluvchi lutein, mis hamda antioksidantlarga boy.
Olma
Birinchidan, olma tarkibidagi tabiiy xun tolasi yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytiradi. Ikkinchidan, antioksidantning maxsus turi bo‘lgan protsiyanidinlar saraton hujayralarini o‘ldirishi mumkin. Haqiqatan ham, olma qanchalik ko‘p iste’mol qilinsa, shifokorga shuncha kamroq murojaat qilinadi.
Mavzuga doir:
- Sarimsoq, yong‘oq va qalqonsimon bez salomatligi uchun foydali bo‘lgan boshqa mahsulotlar
- Pomidor, zanjabil va qonni suyultiruvchi boshqa tabiiy mahsulotlar
- Gulkaram, suli yormasi va jigar salomatligi uchun muhim bo‘lgan boshqa mahsulotlar
Manba