40 yoshdan keyin ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan mahsulotlar
Ayollar ratsioniga qanchalik e’tiborli bo‘lsa, shifokor va hatto kosmetologga ham kechroq murojaat qiladi.
Foto: “Domashniy ochag”Inson yoshi o‘tgani sari ratsioniga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. Sog‘lom, faol, tez metabolizmni saqlash va kamroq kasal bo‘lish uchun birinchi navbatda, ovqatlanish odatlarini qayta ko‘rib chiqishi lozim. 40 yoshdan keyin ratsiondan butunlay chiqarib tashlanishi kerak bo‘lgan beshta eng xavfli mahsulotlar ro‘yxati bilan tanishing.
Grilda pishirilgan go‘sht va parranda go‘shti
Voz kechish kerak bo‘lgan yana bir turdagi go‘sht – bu panjarada pishirilgan go‘shtdir. Pishirilgan harorat qanchalik yuqori bo‘lsa, oqsildagi xavfli kimyoviy moddalar miqdori me’da osti bezi va yo‘g‘on ichak saratoniga olib kelishi mumkin. Ushbu turdagi saraton ko‘pincha katta yoshdagi odamlarda rivojlanadi va shuning uchun o‘z vaqtida sog‘lom ovqatlanishga o‘tish juda muhim.
Shakar o‘rnini bosuvchi shirinliklar
Kamroq shakar iste’mol qilish ajoyib g‘oya!Ammo shakarli shirinliklar va sun’iy qo‘shimchalari bo‘lgan ichimliklar bilan almashtirganda emas. Ushbu mahsulotlar nafaqat metabolizmga zarar yetkazishi, balki insulin qarshiligi darajasiga ta’sir qilishi va oxir-oqibat ikkinchi toifa diabet rivojlanish xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan haqiqiy insulin manbasidir.
Bodom yoki soya suti
Sut mahsulotlaridan voz kechish 40 yoshdan oshgan ayollar uchun juda yomon fikrdir. Gap shundaki, yoshi o‘tgan sayin kalsiy kamayadi va menopauzaning boshlanishi bilan bu jarayon yanada tezlashadi. Suyaklarni mustahkamlash va osteoporozning oldini olish uchun organizm kalsiyga muhtoj bo‘ladi. Hech qanday holatda sut va sut mahsulotlaridan voz kechmaslik kerak, agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha D vitamini ham tavsiya etiladi.
Achchiq sous
Issiq souslar menopauzani boshdan kechirayotgan ayollar uchun mutlaqo mos emas. Ko‘pincha, bunday souslar natriyga boy bo‘ladi, bu suyak salomatligi uchun xavfli va gipertoniya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Agar sousga o‘rganib qolgan bo‘lsangiz, ovqatga chili qalampirini qo‘shish mumkin: uning tarkibidagi kapsaitsin moddasi bosimni pasaytirishga yordam beradi, shuningdek metabolizmni tezlashtiradi.
Makaron mahsulotlari
Umuman olganda, tozalangan uglevodlarga boy bo‘lgan har qanday mahsulotlarni ratsiondan chiqarish tavsiya etiladi. Oq undan tayyorlangan mahsulotlar, makaron mahsulotlari, oq guruch yuqori glisemik mahsulotlar bo‘lib, qondagi qand miqdorini tezda oshirib, diabet xavfini ko‘paytiradi.
Mavzuga doir:
- Bilib qo‘ygan yaxshi: insultning oldini olish bo‘yicha 5 tavsiya
- Yurak salomatligini mustahkamlash uchun amal qilish kerak bo‘lgan 8 ta muhim qoida
- Ertalab ishtaha bo‘lmasligining tibbiyotga aloqasi bo‘lmagan 3 sababi
- Immunitet pasayishiga olib keladigan kundalik odatlar
Manba